Fton yoki Phtono (gr grekcha: Φθόνος, lotincha: Phthonus), shuningdek Zelus – qadimgi yunon mifologiyasida, ayniqsa romantik masalalarda rashk va havas, hasad timsoli[1][2][3][3][4]. Ftonni koʻpincha tartibsizlik va kelishmovchilik maʼbudasi Eris bilan taqqoslashadi.
Ftonning ota-onasi kim ekanligi haqida bir nechta tahminlar mavjud:
Fton takabbur insonlarga qarshilik timsolini aks ettiradi[5].
U „Dionisning ishlarlari“da Geraga Zevs va Semelaning ishqiy munosabatlari haqida maʼlumot berib, Semelaning oʻlimiga sabab boʻlgan[3][6]. Fton, shuningdek, Dionisga tugʻilishidan oldin ham hasad qilgan, shuning uchun u Aresni soxta qonga bulgʻangan qurol-yarogʻda tasvirlab, Afinaning hasadini uygʻotgan[7]. Shu bilan birga, u Gera va Afina[7] orasiga fitna solishni davom ettirgan. Bundan tashqari, Fton Kallimaxusning Apollonga bagʻishlangan madhiyasida paydo boʻlib, xudoni bahslashishga undaydi.
Uning ayol namunasi Nemesis, qasos maʼbudasi[2][3]. Ammo Nemesis romantik rashk bilan chambarchas bogʻlangan Ftondan farqli oʻlaroq, shafqatsiz qasos bilan chambarchas bogʻliq[2][3] Uning rimcha koʻrinishi Invidia[3] hisoblanadi.