Aerodrom (aero… va yunoncha dromos – yugurish joyi) – uchoqlarning uchishi va qoʻnishi uchun moʻljallangan, ularni joylashtirish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan inshootlar va jihozlar majmuidir. Fuqaro va harbiy, doimiy va muvaqqat aerodromlar boʻladi. Uchoqlarning turlari, hududlarning katta-kichikligi, aerodrom toʻshamasining koʻtarish imkoni va boshqa belgilarga qarab sinflarga boʻlinadi. Vazifasiga qarab aerodromning transport, zavod, oʻquv-mashq, klub-sport va boshqa xillari bor. Transport aerodromi aeroport singari jihozlanadi.