Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Jins | Erkak |
---|---|
Turmush oʻrtogʻi | Barchin |
Kelib chiqishi | Qoʻngʻirot |
„Alpomish“ — oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodidagi qahramon personaj. Turkiy xalqlarda ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelayotgan biylarning sardori. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. „Alpomish“ning qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. Oʻzbeklar „Alpomish“, qoraqalpoqlar „Alpamis“, qozoqlar „Alpamis batir“, oltoyliklar „Apip-Manash“, qozon tatarlari „Alpamsha“, boshqirdlar „Alpamisha va Barsin hiluu“ deb nomlaganlar.