Aristofan

Aristofan

Aristofan (Aristophane, Qadimgi yunon tili – Ἀριστοφάνης) (taxminan miloddan avvalgi 445 – 385) – yunon shoiri, „komediya otasi“. Aristofan nazari davrning dolzarb muammolariga qaratilgan boʻlib, ijodida yorqin namoyon boʻladi va oʻsha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini oʻziga rom etgan radikallar aqidasiga („Chavandozlar“), sofistlarning individual falsafasiga („Bulut“) ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini koʻra oldi. Aristofan komediyalarida muhim voqealarga munosabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi („Lisistrata“), Hayotiy shaxslarni kamsitish („Bulut“da – Sokratni), fantastik vaziyatlar („Ahariyanlar“, „Qushlar“) ham Aristofan ijodiga mavzu boʻlgan.


Developed by StudentB