Armaniston Prezidenti, rasman Armaniston Respublikasi Prezidenti (armancha: Հայաստանի Հանրապետության Նախագահ) Armaniston Respublikasining mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va Konstitutsiyasining amalga oshirilishining kafolati shu bilan birga xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat rahbari hisoblanadi.
Armanistondagi amaldagi parlament tizimida Prezident ramziy va tantanali shaxs bo‘lib, siyosiy hokimiyatning katta qismi mamlakat parlamenti va bosh vazirga tegishli deb qaraladi[1][2] .
Armaniston Prezidenti mamlakat Milliy Assambleyasi tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Har bir Prezident faqat bir marta prezidentlikka saylanishi mumkin.
Xususan, Vaagn Xachaturyan 2022-yil 13-martdan beri prezidentlik lavozimida ishlab kelmoqda[3].