Behistun yozuvi (shuningdek, Bisotun, Bistun yoki Bisutun; forscha: "Xudoning joyi" ma'nosini anglatuvchi, eski forscha: bagastana) - Eronning Kirmonshoh viloyatidagi Behistun tog'idagi jarlikda ko'p tilli yozuv va katta qoyatosh relyefi, g'arbiy Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida, buyuk Doro (r. miloddan avvalgi 522-486) tomonidan tuzilgan. Eski fors, Elamit va Bobil (Akkad tili turi): kabi uch turdagi tillarning matnlar jamlanmasindan iborat qoyatosh mixxatli yozuvlari.
Buyuk Doro muallifligida yozilgan bu yozuv miloddan avvalgi 522 yilning yozida Fors imperiyasi podshosi sifatida taxtga o'tirilishidan to miloddan avvalgi 486 yilning kuzida vafotigacha bo`lgan davrdagi muhim tarixiy manbalarni o`z ichiga oladi. Yozuvlar Doro I ning qisqacha tarjimai holi, jumladan, uning nasl-nasabi va ajdodlariga talluqli bitiklar bilan boshlanadi.Ahmiyati jihatidan Misr va Xitoy bitiklari bilan teng hisoblanadi. Unda qadimgi Ahamoniylar sulolasi taxihi va kelib chiqishi, shuningdek sulolaviy shajara darxti ham berilgan. Undagi ayninqsa qadimgi Fors imperyasi tarkibiga kiruvchi xalqlar xaqindaki malumotlar eng muhimlaridir. Chunki, unda xali arxeologlar va tarixchilar tomonidan yetarlicha o`rganilmagan 23 ta qadimiy o`lka va ularda yashovchi xalqlarning qisqacha tasnifi berib o`tilgan. Xususan, yurtimizda yashagan qadimgi saklar, massagetlar va ulardan keyingi avlod xalqlari bo`lmish xorazmiylar, bakteriyaliklar haqida malumotlar berilgan. Ammo, bu kabi malumotlar xaligcha uzbek tililida nashr etilmayotgani va yurtdoshlarimizning o`z tarixiga etiborsizligi meni dim tashvishga soladi. Bu kabi muhim manbalar topib o`rganilishi va xalqimizning kim bo`lganini anglashi uchun qattiq nashr holatida bosmadan chiqarilishi kerak deb o`ylayman.