Butunjahon Badminton Federatsiyasi

Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) — Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tan olingan badminton sporti boʻyicha xalqaro boshqaruv organi. U 1934-yilda Xalqaro Badminton Federatsiyasi (IBF) sifatida tashkil etilgan boʻlib, dastlab toʻqqiz davlat (Kanada, Daniya, Angliya, Fransiya, Irlandiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya va Uels) aʼzo boʻlgan. 1981-yilda IBF Jahon Badminton Federatsiyasi bilan birlashtirildi va 2006-yil 24-sentabrda Madridda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda tashkilot nomi Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) ga oʻzgartirildi.[1]

Butunjahon Badminton Federatsiyasi
Qisqartma BWF
Turi Sport federatsiyasi
Ishga tushgan sanasi 1934 (1934)
Joylashuvi Kuala Lumpur, Malayziya
Prezidenti Poul-Erik Høyer Larsen
Daromad 25.79 million AQSh dollari (2019)[2]
Aʼzolari 194 nafar assotsatsiya aʼzolari
Vebsayti bwfbadminton.com
International Badminton Federation member nations.svg

BWF tashkil etilganida (IBF sifatida), uning bosh ofisi Buyuk Britaniyaning Cheltenxem shahrida joylashgan edi. Bosh ofis 2005-yil 1-oktabrda Malayziyaning Kuala Lumpur shahriga koʻchirildi.[3] Hozirgi prezidenti Poul-Erik Høyer Larsen hisoblanadi.[4] Hozirgi kunda BWF ga butun dunyo boʻylab 176 ta davlat aʼzo boʻlib, ular 5 ta qitʼa konfederatsiyasida tuzilgan.

  1. „Madrid Welcomes Badminton World Federation“. BadmintonAsia.org (29-sentabr 2006-yil). 28-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart 2012-yil.
  2. Perelman, Rich „Who's in the money? EXCLUSIVE analysis of our survey of International Federation finances“. The Sports Examiner (24-may 2020-yil). Qaraldi: 5-iyun 2022-yil.
  3. „BWF Council / Executive Board“. BWF. 2010-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart 2012-yil.
  4. Leung, Edwin. „Poul-Erik Hoyer Wins BWF Presidential Election“. Badminton World Federation (18-may 2013-yil). 9-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2013-yil.

Developed by StudentB