Viloyat | |
---|---|
Tarkibida | 11 Tuman,2 Shahar |
Maʼmuriy markazi | Buxoro |
Yirik shahari | Buxoro |
Boshqa yirik shaharlari | Kogon |
YAIM | 6.9 Mlrd $ (9-oʻrin) |
Rasmiy tillar | O'zbek,Tojik |
Aholi (2024) |
2 050 000 (5,5 % , (9-oʻrin) |
Zichligi | 52 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni |
39 400 km² (8.7 %) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Kod ISO 3166-2 | UZ-BU |
Avtomobil raqami kodi | 80 |
Rasmiy sayti | <Bukhara.uz |
Xaritada | |
40°10′0″N 63°40′0″E / 40.16667°N 63.66667°E |
Buxoro viloyati – Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida chegarasining kattaligi boʻyicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 2.000.255 kishi[1] (2022). Buxoro viloyati tarkibida 11 ta tuman (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshkoʻ, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 3 ta shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 ta qishloq bor. Buxoro viloyati aholisining etnik tarkibini asosan oʻzbeklar va ruslar, forslar (eroniylar), turkmanlar, tojiklar, ukrainlar, koreyslar, tatarlar va boshqalar tashkil etadi. Markazi – Buxoro shahri.