Dante Aligyeri

Dante Alighieri
Tavalludi 14-may 1265-yil
Vafoti 13-noyabr 1321-yil(1321-11-13)
(56 yoshda)
Kasbi Davlat arbobi, shoir, til nazariyachisi
Ijod qilgan tillari Italyan tili va Lotin tili[1]
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya

Dante Aligeri (italyancha: Dante Alighieri; may 1265, Florensiya – 13/14-sentyabr 1321, Ravenna) – italyan shoiri. Kech oʻrta asrlar madaniyatining sintezi berilgan „Ilohiy komediya“ asarining yaratuvchisi. Qadimiy dvoryan naslidan. Dastlabki „Yangi hayot“ (1292) asari sevgilisi Beatrichega bagʻishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 1290-yillar oxirida hukmron gvelflar partiyasi „oqlar“ va „qoralar“ga ajralib chiqqach, Florensiyada hokimiyat „qoralar“ qoʻliga oʻtadi. Oʻsha paytda Rimda boʻlgan „oqlar“ vakili Dantening mol-mulki musodara etilib, oʻzi oʻlimga hukm etiladi. Shundan keyin Dante Florensiyadan chiqib ketadi (1302) va umrining oxirigacha darbadarlikda yashaydi, siyosat bilan shugʻullanmaydi. Dante falsafiy ruxdagi „Bazm“ (1308), „Monarxiya haqida“ (1313), „Yer va suv haqida“ (1320) risolalarida gumanistik qarashlarni ilgari suradi, davrning muhim ijtimoiy-axloqiy muammolariga javob izlaydi. Jumladan, „Monarxiya haqida“ asarida Dante butun jahon monarxiyasini yer yuzidagi odamlarning farovonligini taʼminlaydigan adolatli davlat shakli sifatida himoya qiladi.

  1. (unspecified title)

Developed by StudentB