|
Dharmik dinlar Hind subqitʼasida yuzaga kelgan dinlar oilasidir. Ularga Vedik dindan kelib chiqqan Hinduizm), Buddizm, Jainizm va Sikhizm kiradi. Dharmik dinlar dunyoning uch katta diniy oilalari sirasiga kiradi (Ibrohimiy va Taoik dinlar bilan birgalikda). Dharmik dinlarning teologiyasi va falsafasi Dharma (sanskrit tilida धर्म – dharma – „qonun“, „burch“) tushunchasi asosida qurilgandir.
Dharmik dinlarning umumiy tushunchalari sanskrit, yoga, karma, dharma, nirvana, moksha hamda reinkarnatsiyalardir. Qolaversa, jainizm hinduizmning bir shakli oʻlaroq koʻriladi (lekin jainizm hinduizmdagi kastalarni tan olmaydi). Dharmik dinlarning Hindistondagi kuchli taʼsirini hind bayrogʻining oʻrtasida tasvirlangan Ashoka Chakra (Ashoka Gʻildiragi) ifodalaydi.
Dharmik dinlar mil. avv. 3300 yillar atrofida paydo boʻla boshlagan. Ular Vedik din, yaʼni Veda kitoblariga asoslangan din koʻrinishida yaxlit holda mavjud boʻlib, turli maktablar chiqishi bilan boʻlinib ketgan.