Dramaturgiya (yun. dramaturgia) — 1) muayyan sanʼatkor, davr va xalqqa mansub dramatik asarlar majmui. Masalan, Hamza, Fitrat dramaturgiyasi, antik davr dramaturgiyasi, Uygʻonish davri dramaturgiyasi, ingliz dramaturgiyasi, oʻzbek dramaturgiyasi va boshqalar; 2) kino va spektaklning obrazli talqini konsepsiyasi. Teatr dramaturgiyasi badiiy drama asosida yuzaga kelgan, lekin hozirgi teatrda u rejissyor ssenariysini yordamida amalga oshiriladi. Kinosanʼat uchun ssenariy shaklidagi dramaturgiya xos (yana q. Drama).