Empirizm

Empirizm (yunoncha έμπειρία - "tajriba") bilim faqat shaxsiy tajriba ortidan olinishi mumkinligini uqtiruvchi epistemologiya yoʻnalishidir. Ratsionalizmdan farqli oʻlaroq kuchli subyektivizmga suyanadi.

Empirizm (yunoncha yetreta — tajriba) — falsafiy oqim; hissiy tajribani bilishning birdan-bir manbai deb hisoblaydi. Ratsionalizmga qarama-qarshi turadi. Tajribani, hissiy bilishni mutlaqlashtirish, ratsional bilish (tushunchalar, nazariyalar) ahamiyatini pasaytirish empirizmga xos jihatlardir. Empirizm yaxlit gnoseologik konsepsiya sifatida XVII—XVIII asrlarda shakllandi (F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum); Empirizmning ayrim belgilarini pozitivizm, neopozitivizm (mantiqiy Empirizm)da koʻrish mumkin. XIX asrda empirizmning asosiy vakili sifatida ingliz faydasufi E.S.Milltanildi. Hozirgi zamon fizikasi empirizmning mantiqiy yoʻnalishiga tayanadi.





Developed by StudentB