Entropiya (grekcha: τροπή – aylanish, oʻzgarish) – 1) termodinamikada – har qanday termodinamik tizimning holat funksiyalaridan biri. Oʻz holiga qoʻyilgan (tashqi kuch taʼsir etmayotgan) berk tizimda jarayon qaysi yoʻnalishda sodir boʻlishini ifodalaydi. Birinchi marta termodinamik tizimning holati funksiyasi sifatida termodinamika tarkibiga kiritilgan), energiyaning qaytmas tarqalishi yoki energiyaning samarasizligi oʻlchovini bildiradi (chunki Tizimning barcha energiyasini foydali ishga aylantirish sarflab boʻlmaydi). Fizikada termodinamik entropiya nomidan foydalanadilar; Termodinamik entropiya odatda muvozanat (qaytariladigan) jarayonlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Termodinamikaning II qonuni (qarang Termodinamika) jarayonlarning yoʻnalishini avvaldan aytib berish imkoniga ega emas. Bu qonunni taʼriflagan Rudolf Clausius 1865-yilda jarayonlarning bir tomonlama kechishiga olib keluvchi cheklashni tahlil qilib, 8-funksiyani kiritdi va uni entropiya deb atadi; 2) statik fizikada – tizim holatining termodinamik ehtimolini ifodalovchi kattalik.
Entropiyaning xossalari:1) tajriba natijasi toʻgʻri boʻlsa, yaʼni R larda birontasi birga, qolganlari nolga teng boʻlsa, noaniqlik oʻlchami – entropiya ham nolga teng boʻladi; 2) tajriba natijalari teng ehtimolli boʻlsa, entropiya maksimal qiymatga ega boʻladi; 3) bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ikki tajriba entropiyasi ularning entropiyalari yigʻindisiga teng.