Farishta

Farishtaiudaizm, xristianlik, islom va boshqa baʼzi dinlarda xudoning amrini bajaruvchi gʻayritabiiy mavjudot. Farishtalar son-sanoqsiz boʻlib, har biri maʼlum vazifani bajaradi. Masalan, islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi farishtalar, jannat va doʻzaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda soʻroq qiluvchi (Munkar va Nakir), arshni koʻtarib turuvchi va boshqa xizmatlarni bajaruvchi farishtalar mavjud deb qaraladi. Bu farishtalardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh Farishtalar deb hisoblaniladi.

Farishta arabcha (arab tilida: ملاك) Islomiyatda — aqlli va ozod mavjudot. Allohning hamma buyruqlarini soʻzsiz bajarishadi (aslida Allohni ularga ehtiyoji yoʻq, lekin ularni yaratib, oʻzlarini chegarasiz idroklari boʻyicha qoʻllanadi) Farishtalar inson koʻziga koʻrinmaydi, lekin oʻzi xohlaganda yoki Allohdan buyruq olganda koʻrinishi mumkin. Ular nurdan yaratilgan.


Developed by StudentB