Forbes — amerikaning biznes nashri. Ikki haftada bir nashr etiladigan jurnal maqolalari, asosan, moliya, sanoat, sarmoya va marketing kabi mavzularda boʻladi. Forbes, shuningdek, texnologiya, ilm-fan, siyosat va huquq kabi mavzularda ham yozadi. Bosh ofisi Nyu-Jersi (AQSh) da joylashgan. Asosiy raqobatchilari Fortune hamda Bloomberg Businessweek nashrlari sanaladi.
Jurnal oʻzining roʻyxatlari va reytinglari bilan mashhur. Jumladan, dunyoning eng boy odamlari, Amerikaning eng boy odamlari, jahonning top kompaniyalari, 30 yoshgacha boʻlgan 30 milliarder va boshqalar. Forbes jurnalining shiori „Dunyoni oʻzgartir“ deb ataladi. Uning asoschisi va bosh muharriri Steve Forbes sanaladi. Jurnal 2014-yilda Hong Kongning Integrated Whale Media Investments investitsiya guruhiga sotiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |