Genetik injeneriya

Genetik injeneriya - molekulyar genetika sohasi; genlarning tabiatda uchramaydigan yangi birikmalarini genetik va biokimyoviy usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga keltirish bilan shugʻullanadi. Muayyan organizm hujayrasidan ajratib olingan gen yoki genlar guruhini nuklein kislotaning maʼlum molekulalari bilan biriktirib, hosil boʻlgan duragayni boshqa organizm hujayrasiga kiritishga asoslangan. Viruslar va b. har qanday tirik mavjudot hujayralarining irsiy programmasini maqsadga muvofiq modellashtirish, yangi shtamm virus va mikroorganizmlar, oʻsimlik, hayvon hujayralarining yangi xillarini, oʻsimlik navlari va hayvon zotlarining qishloq xoʻjaligi uchun zarur shakllarini yaratish va b. genetik injeneriya vazifasidir. AQSH olimi P. Berg xodimlari bilan birga virus va mikroorganizmlar irsiy molekulasi qismlarini probirkada ulab, rekombinant DNK olishi genetik injeneriya ning vujudga kelishiga asos soldi (1972). Genetik injeneriya umumiy genetika, molekulyar genetika, molekulyar biologiya, bioorganik kimyo, mikrobiologiya, oʻsimlikshunoslik kabi biologik fanlar nazariyalari hamda tadqiq etish usullarining bir-birini toʻldirishi tufayli shakllandi. Genetik injeneriyaning rivojlanishida genetik enzimologiya va nuklein kislotalar kimyosi yutuklari katta ahamiyatga ega. Molekulyar darajada olib boriladigan ishlar natijasi ikki xil ferment — restriksiyey endonukleaza va ligazaga bogʻliq. Restriktazalardan (300 dan ortiq xili bor) DNK molekulasini har xil qismlarga ajratishda, ligazadan esa ularni yana qayta birlashtirishda foydalaniladi. Genetik injeneriyada eng koʻp ishlatiladigan restriktaza (Yeso Rb) 1971 yilda olingan. Genetik injeneriyaning rivojlanish tarixi in vitro sharoitida (organizmdan tashqarida) rekombinant DNK molekulalarini, yaʼni har xil plazmidalar (xromosomalarsiz, mustaqil yashash xususiyatiga ega DNK halqa molekulalari), hattoki plazmida bilan faglar orasida duragaylar yoki vektor molekul alar (xoʻjayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK molekulasi) olish mumkinligini prinsipial isbotlashdan boshlangan. Keyinchalik prokariotlar (shakllangan yadrosi yoʻq organizmlar)ga taalluqli xromosoma genlari bilan har xil plazmidalar orasida rekombinant molekulalar olindi. Vektor molekulalarga eukariot (shakllangan yadroga ega) organizm (asosan, hayvon va oʻsimlik) genlari DNKsini kiritish genetik injeneriyaning katta yutugʻidir. Natijada hayvon genlarini bakteriya hujayralarida koʻpaytirish va ekspressiya qilish (genlarni klonlash) imkoniyati vujudga keddi. Nihoyat, genetik injeneriya bilan hujayra injeneriyasi yutuqlarining sintezi tufayli biotexnologiya fani shakllandi.gen injeniriyasi - asosan o'zida yashirin genlarni saqlaydi va ularning chatishish natijasida yangi gen hosil qiladi. G.i birinchilardan bo'lib Ch.Darvin ham o'z ma'lumotlarini berib o'tgan.G.i da birinchi bo'lib 1865 yilda G.Mendel o'zining birinchi tajribasini o'tkazadi.U o'zining bu tajribasini sariq va yashil no'xotlar ustida olib boradi. Va u o'zining bu tajribasi bilan g.i ni yanada ochiqroq tarza o'rgatadi.

Abdusattor AbduKarimov, Sotiboldi Jatayev.Go'zal Yo'ldasheva Bh-15


Developed by StudentB