Germaniya gerbi | |
---|---|
Mamlakat | Germaniya |
Qabul qilindi | 20-yanvar, 1950-yil |
Dizayn | oltin qalqonda oʻng tomonga qarab turgan qora, ochiq qanotli, patlarining uchi pastga qaratilgan burgut tasvirlangan. Uning tumshugʻi, tili, panjalari va tirnogʻi qizil rangda. |
Federal gerb (nemischa: das Bundeswappen) Germaniya Federativ Respublikasining gerbida —oltin qalqonda oʻng tomonga qarab turgan qora, ochiq qanotli, patlarining uchi pastga qaratilgan burgut tasvirlangan. Uning tumshugʻi, tili, panjalari va tirnogʻi qizil rangda.[1].
Federal gerb va Germaniya federal burgutining tashkil etilishi 1950-yil 20- yanvarda tashkil etilishi boʻlib oʻtdi, ammo u faqat tavsifni oʻz ichiga oldi holos. Gerbning rasmi 1952-yil 4-yulda[2] qabul qilindi u 1928- yildagi Germaniya gerbi naqshini toʻliq takrorlaydi.
Burgut qalqonsiz tasvirlanishi ham mumkin, unda u federal burgut deb ataladi (nemischa: der Bundesadler) va bir nechta boshqa tasavvurlarga ega.
Shuningdek, „federal qalqon“ nomi ostidagi oʻzgacha dizaynga ega gerbda(nemischa: Bundesschild) burgut biroz boshqacha shaklga ega. Gerbning ushbu versiyasi faqat federal hokimiyat tomonidan (shu jumladan bayroqlarda) foydalanish uchun taqdim etiladi, uni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.