Gvadalkvivir | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 657 |
Suv sarfi | m³/s |
Davlat | Ispaniya |
Gvadalkvivir |
Gvadalkvivir (arab. Vodiy alKabir – Azim daryo) – Ispaniyaning jan.dagi dare. Uzunligi 560 km, havzasining mayd. 57 ming km2. Andalusiya togʻlarining shim. etagidan boshlanib, Atlantika okeanining Kadis qoʻltigʻiga 8 km kenglikdagi estuariy hosil qilib quyiladi. Fevral—mart oylarida toʻlib oqadi. Jala yoqqanda suv sathi 7–9 m gacha koʻtariladi. Yozda suv kam boʻladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 164 m3/sek. Asosiy irmoqlari: Kichik Gvadiana, Xenil, Guadalimar, Uelva. Sevilya sh.gacha dengiz kemalari qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Daryo boʻyida Kordova va Sevilya sh.lari bor.