Hunlar

Hunlar, hunnular, gunnlar, hunnlar (lot. Hunni) — mil. 2 — 4-asrlarda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga boʻyidagi oʻgʻur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq.

Mil. 1-asrda hunlar Markaziy Moʻgʻulistondan sharqqa siqib chiqarilgan. Mil. 155 —160 yillarda hunlarning katta qismi Uraloldi va Volga boʻyiga kelib mahalliy oʻgʻur qabilalari bilan yagona qabila ittifoqiga birlashgan va shundan eʼtiboran Gʻarb tarixiy manbalarida gunnlar deb atala boshlagan. G.ning kelib chiqishi haqidagi ushbu qarash rus olimi K. A. Inostransev tomonidan olgʻa surilib, u yagona turkiyzabon xalq — hunlarning gʻarbiy tarmogʻini — Gunnlar., sharqiy tarmogʻini — hunlar deb atashni taqlif etgan. Bu fikrni koʻpchilik olimlar (S. V. Kiselyov, M. I. Artamonov, Leonid Kyzlasov, N. Ya. Merpert, Lev Gumilyov (Rossiya), Mak-Govern (Angliya), Ye. Pritsak (Chexiya) va b. qoʻllab-quvvatlashgan.


Developed by StudentB