Insho

Insho  arabcha  so‘z   bo‘lib,  «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini  beradi.  Hozirgi tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha  torayib,  asosan,  o‘quvchi va talabalar to- monidan  yoziladigan  «ijodiy  yozma ish» ma’nosida qo‘llanadi.

Insho – muallifning ma’lum bir mavzu asosida o‘z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik asar. In- shoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrlash ko‘- nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi  namoyon  bo‘- ladi.

Insho – o‘quvchi yaratadigan  matn  turi. Unda ma’lum bir mavzu mustaqil ravishda ochib beriladi. Inshoda o‘quv- chining o‘z fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon,  savodli bayon qilish malakasi aks etadi.

Inshoda mavzu bo‘yicha bilimlar yuzaga chiqadi. Yozuvchi va shoirlar, olim va muxbirlar o‘zi yozadigan asar,  ilmiy ish,  maqolaga  katta mas’uliyat  bilan  qaragani kabi o‘quvchi ham insho yozishdan oldin unga har to- monlama tayyorlanishi lozim.

Katta-katta olimlar ijodiy ishlarini o‘quvchilik paytida insholardan boshlashgan.

Insho yozish uchun, avvalo,  bilim  egallash zarur.  Takror va takror yozish natijasida esa insho yozish ko‘nikma va malakasi  shakllanadi. Yaxshi  inshoning  zamirida boy  bilim va tinimsiz mashq yotadi.

Har  qanday  ish tartib  bilan  bajarilganligi  kabi insho ham reja asosida yozilishi  kerak.  Puxta reja  inshoning  si- fatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Inshoda o‘quvchining o‘z fikri  va boshqa  manbalardan olgan ma’lumotlari ajralib turishi  kerak.  Boshqalarning fik- rini o‘zinikiday qilib berish ko‘chirmakashlik  sifatida  sal- biy baholanadi.

Inshoning har bir turi o‘ziga xos shakl va mazmun xu- susiyatiga ega.

Insho – o‘quvchi ijodiy mehnatining oliy ko‘rinishi, uning aqliy mehnati mahsuli. Insho puxta reja bo‘yicha yozilishi, mantiqan izchil, imloviy, uslubiy va punk- tuatsion jihatdan to‘g‘ri, dalillarga tayangan bo‘lishi zarur. Insho yozish uchun mavzu chuqur o‘rganilishi, dalillash uchun ko‘chirmalar yig‘ilishi, ularning man- balari aniq bo‘lishi kerak. So‘ngra  reja tuzilib,  reja  aso- sida yozishni boshlash  lozim.  Insholar hajmi  o‘quvchi- ning yoshiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.


Developed by StudentB