Iskandariya

Iskandariya
31°11′51″N 29°53′33″E / 31.19750°N 29.89250°E / 31.19750; 29.89250
[[File:|290px|Iskandariya xaritada]]

Iskandariya (arabcha: الإسكندريّة) — MAR shimolidagi shahar, Iskandariya muhofazasining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz sohilida, Nil daryosi delta-sining gʻarbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996).

Miloddan avvalgi 332—331 yillarda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey davrida (mil. av. 305 — 30 yillar) Misr poytaxti boʻlgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-asrda Iskandariya eng katta shaharlardan (Rimdan keyin) boʻlib, unda taxminan 1 mln. aholi yashagan. Iskandariyada dunyoda eng boy kutubxona boʻlgan [q. Aleksandriya (Iskan-dariya) kutubxonasi]. 7-asrda Iskandariyani arablar egallagan. Qohira shahri qurilgach (961 y.), Iskandariyaning mavqei pasaydi. 1517-yil Iskandariya usmonli turklar tasarrufiga oʻtdi. Muhammad Ali davrida (19-asr boshlari) Iskandariyada katta qurilishlar amalga oshirildi; kemasozlik korxonasi qurildi va Mahmudiya kanali qazildi. 1856-yil Iskanariya bilan Qohira oʻrtasida t. i. oʻtkazildi. Angliya Misrni bosib olgach (1882 i.), Iskanraiyada chet el banklari, kompaniyalari, vakolatxonalari ochildi; portdan Angliya harbiy kemalari turadigan joy sifatida foydalanildi. Shahar Misr milliy ozodlik harakatlarining (20-asrning 20—50-yillari) asosiy markazlaridan biri boʻlgan.

Iskandariya iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Qohiradan keyin 2-oʻrinda. Yirik transport va savdo markazi. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. MARning asosiy dengiz porti (okean kemalari ham kira oladi); kema katnaydigan Mahmudiya kanali orqali Nil bilan bogʻlangan. Suvaysh sh.dan Iskandariyaga Qohira va Tanto orqali neft quvuri oʻtkazilgan. Iskandariya porti orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 80 % oʻtadi (yuk ortib-tushirish 20 mln. t). Kema-sozlik va kema remonti, mashinasozlik va metallsozlik, neft, kimyo, sement, radio-texnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan.

I. eski shahar va yangi shahardan iborat. I.ning qad. qismida koʻchalar toʻgʻri toʻrtburchak asosida kesishgan (mil. av. 4-asrda yunon meʼmori Deynokrat loyihasi asosida bunyod etilgan); Pompey (yoki Diokletian) kolonnasi deb ataluvchi ustun, nekropollar, katakombalar saqlangan. I. bilan damba (koʻtarma) orqali tutashtirilgan Faros o.da mil. boshlarida „dunyoning yetti moʻjizasi“ dan biri sanalgan minora (mayoq) boʻlgan (hoz. uning oʻrnida arablar bunyod etgan qalʼa qoldiklari bor). I.ning yangi qismida keng koʻchalar, xushman-zara dengiz boʻyi, zamonaviy koʻp qavatli shinam binolar, savdo muassasalari, dengiz vokzali, masjidlar, qasr-muzeylar (Ras at-Tin, 19-asr boshi; Muntazo saroyi, 20-asr boshi; Muhammad Ali muzeyi, 20-asr), At-Tahrir markaziy maydoni (19-asr 2-yarmi), universitet, ilmiy tadqiqot institutlari, koʻplab muzey (jumladan, dengiz muzeyi, nafis sanʼat muzeyi), Milliy kutubxona va b. bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Developed by StudentB