Karolina orollari - Tinch okeaining g‘arbiy qismidagi arxipelag, Mikroneziya (orollar) Mikroneziyada joylashgan. Mikroneziya Federativ Shtatlari (Markaziy va Sharqiy Karolina orollari: Kosraye, Ponpey, Truk, Yap orollari) va Palau Respublikasi tarkibiga kiradi. Rasmiy tili — ingliz tili. Karolina orollari 1 —10° shimoliy kenglik va 131 — 163° sharqiy uzunlik oralig‘ida joylashgan 936 vulkanli oroli va atollardan iborat. Quruqlik qismining mayd. 1320km2 ga yaqin. Barcha yirik orollari (eng baland joyi 791 m) vulkan harakati natijasida vujudga kelgan bo‘lib, marjon riflari bilan o‘ralgan. Fosfatlar (minerallar) Fosfat konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim bo‘ladi.Yillik yog‘in 2250 mm dan 3000–4500 mm gacha, Kusais orolida 6000 mm yog‘adi. Karolina orollari — tayfunlar (yiliga o‘rtacha 25 tagacha) vujudga keladigan joy. Vulkan orollarida doim yashil tropik o‘rmonlar va savannalar bor; marjon orollarida asosan, kokos palmasi va pandanus daraxti o‘sadi. Mahalliy aholi tropik dehqonchilik, baliq ovlash va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Karolina orollarini 1528-yilda ispan dengizchisi Saavedra kashf qilgan. Ispaniya qiroli Karl II nomi bilan atalgan.Karolina orollari Palau davlati poytaxti Koror deb atalgan.2007-yil 11-fevralda Palau Republikasi poytaxti-Koror shahridan rasman Ngerulmud shahriga ko‘chirilgan.Karolina orollari-Okeaniyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan.Suv osti baliqlar va dengiz hayvonlariga boy.Noyob riflar va marjon qoyalar bilan o‘ralgan.2022-yilda dengiz hayvonlari soni 234868 tur va endemik hayvonlar 678848 turlarini tashkil qildi.Baliq ovlash va turizm rivojlangan.