Katmandu
काठमाडौँ | |
---|---|
Poytaxt shahar | |
| |
Nickname: | |
Motto(s): nepalcha: सांस्कृतिक सहर, काठमाडौं महानगर | |
Mamlakat | Nepal |
Viloyat | Bagmati |
Tuman | Katmandu |
Asos solingan | Manjushri |
Hukumat | |
• Turi | Mayor-kengash hukumati |
• Joylashuv o'rni | Katmandu Metropolitan hukumati |
• Meri | Balen Shah (Ind.) |
• Hokim o'rinbosari | Sunita Dangol (UML) |
• Ijrochi direktor | Pradeep Pariyar[3] |
Hudud | |
• Poytaxt shahar | 49,45 km2 (20 sq mi) |
• Metro | 899 km2 (300 sq mi) |
Balandligi | 1 400 m (4 600 ft) |
Aholisi (2021) | |
• Poytaxt shahar | 856 767 |
Vaqt mintaqasi | UTC+05:45 (Nepal standart vaqti) |
Pochta kodi |
44600 |
Hudud kodi | 01 |
Veb-sayt | kathmandu.gov.np |
Katmandu — Nepal poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Baghmati daryosi sohilida, 1360 m balandlikda joylashgan. Iqlimi mussonli, tropik togʻ iqlimi, iyulning oʻrtacha temperaturasi 24,5°, yanvarniki 18,3°. Yillik yogʻin 1400 mm. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Aholisi shahar atrofi bilan 420 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari).
Katmanduga 724-yilda asos solingan, dastlab Kantipur deb atalgan. Katmandu nomi XVI asr oxirida qurilgan Kastamandap ibodatxonasi nomidan olingan. Katmandu XII-XVIII asr oʻrtalarigacha hozirgi Nepal xududida mavjud boʻlgan turli knyazliklarning poytaxti boʻlib keldi. 1769-yildan Nepal davlatining poytaxti.
Katmandu — transport yoʻllarining muhim tuguni. Havo yoʻllari orqali Nepalning boshqa shaharlari, shuningdek, Hindiston, Bangladesh, Myanma, Tailand bilan bogʻlangan. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona koʻp, hunarmandchilik korxonalari va ustaxonalar ham bor. Badiiy oʻymakorlik va zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, remont-mexanika, kulolchilik korxonalari, gʻishtcherepitsa zavodi va b. mavjud. Universitet, kollejlar, Qirollik akademiyasi, Milliy, Markaziy kutubxonalar, Milliy teatr va muzey, gospital va boshqa bor.
Katmandu — Buddizm dini markazlaridan. Meʼmoriy yodgorliklari: Katx Mandir (Kastamandap) pagodasi (1596), saroy va ibodatxonalar majmui (XV-XVIII asrlar), saroy (XX asr), Bhismena minorasi (1834) va b. Shahar yaqinida Bodxnatx stupasi va Svayambxunatx meʼmoriy-skulptura majmuasi (mil. av. III asr), Pashupatinatx ibodatxona majmuasi (XIII asr) saqlangan[5].