Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kurd tili (Kurdmanc tili, Soran tili, Janubiy kurd tillari va Zaza tili, Goran tili) (Kurd:Kurdî/کوردی)— kurdlar tili. Hindevropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga mansub. Turkiya, Eron, Suriyada hamda Zakavkazyedagi mamlakatlarda tarqalgan. Kurd tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxminan 20 mln. kishidan ortiq (1993). Shimoliy Iroqdagi Kurd muxtor viloyatining (arab tili bilan bir qatorda) rasmiy tili. Kurmonji va suroni lahjalariga boʻlinadi. Hozirgi Kurd tili arab (Iroq, Eron, Suriyada) va Kirill (Zakavkazyeda) alifbosi asosidagi yozuvlarga ega.[1]