Lotin tili

Lotin tili
Milliy nomi lingua latīna
Mamlakatlar Vatikan shahri
Turkumlanishi
Til oilasi

Hind-yevropa

Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 la
ISO 639-2 lat
ISO 639-3 lat
Lotin tili

Lotin tilihind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Apennin yarim orolning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Janubiy Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shimoliy Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub.

Qadimgi davr Lotin tili tarixi bir-biridan u yoki bu darajada farqlanuvchi 5 ta davrga ajratiladi: 1) eng qadimgi Lotin tili davri (miloddan avvalgi 6—4-asrlar); 2) klassik davrgacha boʻlgan Lotin tili davri (miloddan avvalgi 3—2-asrlar, adabiy Lotin tilining shakllanish vaqti); 3) klassik, "oltin" Lotin tili davri (miloddan avvalgi 1-asr, juda boy leksika va rivojlangan adabiyoti bilan ajralib turadi); 4) klassik davrdan keyingi, "kumush" Lotin tili davri (milodiy 1-asr, adabiy tilning fonetik va morfologik meʼyorlari uzil-kesil shakllandi); 5) soʻnggi bosqichdagi Lotin tili (2— 6-asrlar; yozuv tili bilan xalq-soʻzlashuv tili-"xalqona lotin" oʻrtasida tafovut paydo boʻldi).

5-asrda Rim imperiyasi qulaganidan keyin xalq-soʻzlashuv tilining mintaqaviy farqlanishi tezlashib, bu nar-sa 9-asrga kelib alohida, mustaqil roman tillarinkng (italyan, fransuz, portugal, ispan, rumin, moldavan va boshqalar) paydo boʻlishiga olib keldi. Yozma Lotin tilining birligi saqlanib qoldi, u leksik jihatdan rivojlanishda davom etdi, klassik Lotin tilining asosiy lugʻat tarkibi va grammatik kurilishi barqarorlashdi. Adabiy Lotin tili tarqalgan barcha hududlarda u maʼmuriy boshqaruv, savdo-tijorat, maktab tili edi; oʻrta asrlarda butun Gʻarbiy Yevropa umumiy yozuv tili boʻlib qoʻllandi; 18—19-asrlargacha diplomatiya, ilm-fan va falsafa tili, 20-asrda esa katolik cherkovi tili, Vatikanning (italyan tili bilan birga) rasmiy tili boʻlib qoldi. Lotin tili Yevropa madaniyati rivojida ulkan rol oʻynadi. Yevropa tillaridagi siyosiy, ilmiy va texnik terminologik tizimlarning leksik jihatdan boyishi va koʻpayib borishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Lotin tili qadimiy hind-yevropa tillariga xos, uni xett tili, hind-eron, kelt tillari bilan yaqinlashtiruvchi xususi-yatlarni saqlab qolgan. Asosiy fonetik jihatlari unda unlilar chuzikli-gining fonologi k farqlanishiga egaligi, urgʻu soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushmasligi, undoshlarning kuchsizlanib borishi kabilardan iborat. Morfologik xususiyatlari: fleksiyadan shakl yasashning asosiy vositasi sifatida foydalanish, fleksiyaning 5 turi mavjudligi, turlanishning 6 kelishikka asoslanishi, feʼllarda 3 xil mayl (indikativ, konʼyunktiv, imperativ) va 2 xil nisbat (aktiv va oʻrta passiv) farqlanishi va boshqa Soʻz tartibida feʼl ran oxirida keladi. Lotin tili leksikasida yaqin qarindosh yoki noqarindosh qabilalar tillarining taʼsiri saqlanib qolgan. Lotin tiliga yunon tili, ayniqsa, miloddan avvalgi 3— 1-asrlarda kuchli va davomli taʼsir koʻrsatgan. Lotin tili leksikasi, yunon tili bilan birga, ilmiy terminologiya sohasida xanuz baynalmilal terminlarni yaratishda manba boʻlib xizmat qilmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Developed by StudentB