Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Marjon dengizi | |
---|---|
| |
Koordinatalari | 40°N 135°E / 40°N 135°E |
Yuzasi | 4 791 000 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 2 394 m |
Eng katta chuqurligi | 9 140 m |
Suv hajmi | 11 470 000 km3 |
Marjon dengizi - Tinch okeandagi yarim yopiq dengiz. Avstraliyaning shim.-sharqiy qirgʻogʻi, Yangi Gvineya, Yangi Kaledoniya o.lari oraligʻida, shim.gʻarbda Torres boʻgʻozi orqali Hind okeani bilan tutashgan. Maydoni 4068 ming km². Oʻrtacha chuq. 2394 m, eng chuqur joyi 9174 m. Dengizda marjon riflari (jumladan, Katta Toʻsiq rifi) va orol koʻp. Kema yurishi juda xavfli. Tubining relyefi notekis, oʻrqirli. Aylanma oqimlar bor. Gʻarbiy chekkasidan Sharqiy Avstraliya oqimi boshlanadi. Suvining yuza qismida temperatura janubda avgustda 19° dan fevralda 24°gacha, shim.da yil davomida 28° atrofida. Shoʻrligi 35,5°/0O. Suv qalqishi notekis. Akula, uchar baliqlar bor. Asosiy portlari: Kerns (Avstraliya), Port-Morsbi (Yangi Gvineya o.), Numea (Yangi Kaledoniya o.).[1]