Turkum maqolalarning bir qismi |
Islom |
---|
Islom haqidagi tushunchalarning bir qismi |
Usul al-Fiqh |
---|
Fiqh |
Ahkom |
Yuridik lavozimlar va unvonlar |
|
Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqh. sohasida juda koʻp mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta mazhab — hanafiy, molikiy, shofiʼiy, hanbaliy (Mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhablari diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala Mazhab ham teng hisoblanadi. Yirik musulmon universitetlarida toʻrtala mazhab boʻyicha alohida dars beriladi. Mazhablar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xolda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) Mazhablari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning huquqiy hayotida jaʼfariylik Mazhabi oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan[1].
Mazhab-(arabcha: مذهب maḏhab)
Shariat doirasidagi huquq maktablari, yaʼni islom qonunlari sistemalari (aynan: „yoʻl“ yoki „harakat tarzi“, termin maʼnosida — „diniy-huquqiy taʼlimot“, „tarikat“ yoki „maktab“) mazhablar deb ataladi.
Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur huquqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar. Musulmon kishi mazhabda to’rtta mazhabdan birida bo'lishi joiz va shu blan brga mazhablardagi dalillarni yaxshi tushunishi orqali mazhablardagi dalillarning kuchlisiga ergashishi ham joizdir. Aqidada Asariylik ( imom Ahmad boshliq ahli hadislar) ahli sunna va jamoatdir. Bu eng to’g’ri yo’ldir. Musulmonlar orasida Motrudiylik va Ashariylik aqidasi ham keng tarqalgan va bu jamoat balan ahli sunna o'rtasida ixtilofli masalalar mavjud.