Metodologiya

Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. M. metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrgatuvchi M.ga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi M.ga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan M.ga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin.

M.ga ilmiy bilishning, voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Masalan, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim M. deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk M. vazifasini oʻtagan. M. taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda M. boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. M. haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, M. rivojiga Kant, Fixte, Shelling, Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik M.ning asoslarini ishlab chiqdi. xx-asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik M.lar falsafada eng obroʻli falsafiy M.lar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish M.lari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.

Bugungi kunda sinergetika M.si olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohiyatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini oʻtamoqda.

Baxtiyor Toʻrayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Developed by StudentB