'M.Mexanizm' (yun. μηχανή mechané - mashina) — bir biri bilan bogʻliq va kerakli (oldindan aniqlangan) harakatlarni bajaradigan jonsiz (odatda mashina detallari) yoki jonli tanlar majmui. Mexanizmlar harakatni (boshqa obyektga) oʻtkazib berish va oʻzgartirish uchun qoʻllanadi.
Mexanizm (yunoncha: mechane — qurol, inshoot) — bir yoki bir necha jismning harakatini boshqa jismlarning maʼlum harakatiga aylantirib beradigan qurilma. Koʻpchilik mashinalarning kl asosini tashkil etadi, koʻpgina asboblar, apparatlar va texnika qurilmalarida qoʻllanadi. Vazifasiga qarab, M.lar harakatni uzatuvchi; ijrochi (ish bajaruvchi); boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlovchi; taʼminlovchi, saralovchi, tashuvchi; mahsulotlarni hisoblovchi, tortuvchi va joylashuvchi M.lar boʻladi.
Harakatni oʻzgartiruvchi M.lar energiyani mexanik ishga yoki mexanik ishni energiyaning boshqa turiga aylantiradi (mas, dvigatel, nasos, kompressor va boshqalar). H ar a kat uzatuvchi M.lar dvigateldan olingan harakatni (valning aylanish tezligini kamaytirib) texnologik mashinalarga yoki ijrochi M.larga uzatadi. Ijrochi M.lar ishlov berilayotgan muhit yoki obyektga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etadi (mas, pressning sikish me-xanizmi, paxta terish mashinasining shpindellari va boshqalar). Boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlov-ch i M.larga texnologik jarayonni boshqarib turadigan moslamalar, rostlagichlar, suyuklik sathi va bosimini nazorat qiluvchi M.lar kiradi. Taʼminlovchi, saralovchi va tashuvchi M.larga shneklar, kovshli elevatorlar, mexanik elaklar va boshqa kiradi. Tayyor mahsulotlarni avtomatik hisoblovchi, qadoqlovchi va joylovchi M.lar, asosan, koʻplab ishlab chiqariladigan donali mahsulotlar uchun moʻljallanadi. Bunday M.lar maxsus mashinalarda ijrochi M. boʻlishi mumkin (mas, choy qadoqlash mashinasining choyni oʻlchovchi va joylovchi qismi).
M. tarkibiga kiruvchi va zveno deb ataluvchi qattiq jism oʻzaro biriktirilgan bir necha qoʻzgʻalmas detallar (ayrim qismlar) dan iborat boʻlishi mumkin. Bir-biriga tegib turadigan ikki zvenoning oʻzaro harakatlanadigan birikmasi kinematik juft deyiladi. Aylanma (sharnir), ilgarilama (polzun va yoʻnaltirgich), vintli (vint, gayka), sferik (sharli sharnir) kinematik juftlar keng tarqalgan. Agar harakatni oʻzgartirishda qattiq jismlardan tashqari suyuklik yoki gazeimon jismlar ham qatnashsa, ular gidravlik yoki pnevmatik M. deyiladi.
Aylanma yoki toʻgʻri chiziqli harakatni aylanma harakatga (va aksincha) oʻzgartiradigan M. uzatma deyiladi. Zvenolarning turiga qarab, tishli, richagli, friksion, zanjirli va tasmali M.lar boʻladi. Mashina tarkibiga kiruvchi M.lar gidravlik, pnevmatik, elektr qurilmalardan tuziladi.
Odatda, M.da bitta kirish zvenosi boʻlib, u dvigateldan harakat oladi va oraliq zveno orqali uni chiqish zvenosiga uzatadi. M.lar yassi (tekis; zvenolari nuqtalarining temperaturayektoriyasi parallel tekisliklarda yotadi) va fazoviy (hajmiy) xillarga boʻlinadi. Kosmik texnika (vakuumda aylanma harakat uzatuvchi, fazoda yoʻnalishni oʻzgartiruvchi va boshqalar), tibbiyot texnikasi (rostlanadigan apparatlar, biologik protezlar va boshqalar) bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish, borish qiyin boʻlgan yoki hayot uchun xavfli joylar (suv osti, kosmos, yadro reaktorlari) da ishlash uchun maxsus M.lar yaratildi. Bu ishlarni bajarishda turli manipullyatorlar qoʻllanadi. Manipulyatorlarning rivojlanishi buyumlarni ishlash, montaj qilish va yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beruvchi sanoat robotlarning yaratilishiga olib keldi (qarang Mashina va mexanizmlar nazariyasi).