Toʻliq nomi | Neftchi (futbol klubi) Fargʻona | ||
---|---|---|---|
Laqabi | Buyuk chinorlar va Yoʻlbarslar | ||
Asos solingan | 1962 | ||
Stadioni | „Istiqlol Stadioni“ Fargʻona | ||
Sigʻimi | 20000 | ||
Egasi | Fargʻona hokimligi | ||
Prezidenti | Xabib Sirojiddinov [1] | ||
Bosh murabbiy | Vitaliy Levchenko | ||
Liga | Oʻzbekiston Superligasi | ||
Oʻrni | 1 | ||
Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Neftchi Fargʻona futbol klubi (oʻzbekcha: Нефтчи Фарғона футбол клуби) – Fargʻona shahrida joylashgan oʻzbek futbol klubi.[2] Oʻzbekiston futboli oliy divizionida toʻp suradi va bir necha bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Klub Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi tomonidan moliyalashtiriladi.[3] 1962-yilda tashkil topgan va 1991-yilgacha „Neftyanik Fergana“ nomi bilan Sovet Ittifoqi Ikkinchi ligasida (Markaziy Osiyo divizioni) maydonga tushgan. 1990-yilda klub Sovet Ikkinchi Ligasida gʻalaba qozonib, Sovet Birinchi Ligasiga chiqdi. 1992-yildan buyon Oʻzbekiston Ligasida oʻynadi va Toshkentning „Paxtakor“ va Namanganning „Navbahor“ klublari bilan birga Oʻzbekiston Super Ligasining barcha mavsumlarida 2018-yilgacha toʻxtovsiz ishtirok etib kelgan.
Shuni taʼkidlash kerakki, „Neftchi“ Oʻzbekistonning 5 karra chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u Oʻzbekiston chempionatida 9 marotaba ikkinchi oʻrinni egallagan va bir marta 2008-yilgi mavsumda bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Neftchi soʻnggi marta chempionlikni 2001-yilda qoʻlga kiritgan.[4] Bundan tashqari, jamoa mamlakat kubogining 2 karra gʻolibi hisoblanadi. Xalqaro maydonda jamoa 1994-yilgi Hamdoʻstlik Chempionlar Kubogi finalchisi va 1995-yilgi Osiyo Chempionlar Kubogining bronza medali sovrindori boʻlgan. Neftchi jamoasi Osiyo arenalarida ham yaxshi natijalarga erishdi.