Odam Qazilma davri: Pleystotsendan
| |
---|---|
Pioneer kosmik kemlaridagi erkak va ayol surati.
{ | |
Biologik klassifikatsiya | |
| |
Homo sapiens sapiens Linnaeus, 1758 |
Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens ham deyiladi (lot. ongli odam), sut emizuvchilar sinfining Hominidae oilasiga mansub primat turidir. Odamlar abstrakt fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni antropologiya fani oʻrganadi.
Odamning hayvonlardan farqi.
Zoologiya sistemasiga koʻra, hozirgi aqlli odam (Homo sapiens) turi xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoqlarining boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va organlarning tuzilishi, ona qornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham oʻxshash.
Odam odamsimon maymunlardan oyoqlarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa pogʻonasida boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq suyagining kengayganligi, koʻkrak qafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq barmoqlarining bir qator joylashganligi va boshqa morfologik belgilari bilan farq qiladi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli Odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat Odam uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan yirik boʻlishi, gavdasida junlarning yoʻqolib ketishi ham Odam uchun xos belgi hisoblanadi.
Odamning kelib chiqishi haqidagi qarashlar.
Odamning yaratilishi haqidagi diniy nazariya.
Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. Odam bilan bogʻliq qadimgi rivoyatlar va qadimgi diniy kitoblarga koʻra, Odam ato va Momo havo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida Odam tabiatning bir boʻlagi, unda vujudga kelgan va yana unga qaytadi deyiladi. Islom diniga koʻra, xudo „oʻzining eng erka va erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan“, yaʼni Odamni loydan oʻzining yerdagi oʻrinbosari (xalifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga aql-idrok bergan.
Odamning paydo boʻlishi haqidagi dunyoviy nazariya.
Tabiyat fanlarining rivojlanishi bilan Odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla boshladi. Fransuz olimi J.Lamarkbirinchi boʻlib Odamning paydo boʻlishini umumiy tarzda tushuntirib berdi. Uning fikricha, Odam daraxtda yashashdan yerda yurishga oʻtgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan.
Ingliz olimi Ch. Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyusion nuktai nazardan talqin qilib, Odam bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Uning fikricha, antropogenezda ham biologik omillar, yaʼni yashash uchun kurash, irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish amal qiladi. Lekin, koʻpchilik olimlarning fikricha, antropogenezda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar (ijtimoiy hayot, ijtimoiy mehnat), ayniqsa, uning soʻnggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan.
Tik yurishga oʻtish Odam evolutsiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki tik yurish tufayli qoʻllar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, mehnat qurollari yasab, uni ishlatadigan organga aylangan. Mehnat qurollarining paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan, uning tabiatga qaramligini kamaytirgan. Mehnat faoliyatining rivojlanishi bilan antropogenezda biologik omillar taʼsiri kamayib ijtimoiy omillar ahamiyati orta borgan.
Antropogenezda ijtimoiy hayot katta ahamiyatga ega boʻlgan. Odam ajdodlari azaldan tuda boʻlib yashashgan. Qoʻl mehnat organiga aylana borishi bilan ular jamoa boʻlib yashashga oʻtishgan, yaʼni birgalikda ovga chiqishgan, oʻzlarini himoya qilishgan; bolalarini tarbiyalashgan, ularga hunar oʻrgatishgan. Olovning kashf qilinishi, ovqatni pishirib yeyilishi Odam jagʻ suyaklari va chaynash muskullari vaznini kamaytirib, jagʻlarning harakatlanishini osonlashtirgan, nutqning rivojlanishi uchun imkon yaratgan. Maʼnoli nutqning paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan; Odamlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning tezlashuviga olib kelgan. Bu jarayonlar tufayli, bosh miyaning vazni, katta yarim sharlar poʻstloq qismining sathi ortgan, natijada ong, tafakkur va nutq rivojlangan. Taxminlarga koʻra, dastlabki Odamlar bundan 1—2 mln. yil ilgari, hozirgi Odam bundan 40 ming yil ilgari paydo boʻlgan.
Odam evolyusiyasining asosiy yoʻnalishlari. Mezozoy erasida hasharotxoʻrlar orasidan parapiteklar (maymunsimon hayvonlar) ajralib chiqqan. Ulardan keyinchalik yarim maymunlar, maymunlar va driopiteklar (daraxtda yashovchi maymunlar) kelib chiqqan. Iqlim sovib, oʻrmonlarning siyraklashib borishi bilan driopiteklar yerda yashashga oʻtishgan. Odam paydo boʻlishining 1-bosqichi maymunsimon hayvonlarning 2 oyoqda yurishga oʻtishidan iborat. Bu bosqichda oldingi oyoqlar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, qoʻlga aylangan. Xuddi shu yoʻl bilan avstralopiteklar (jan. maymunlar) kelib chiqqan. Ular bundan 3—5 mln. yil ilgari Janubiy va Sharqiy Afrika hamda Janubiy Osiyoda yashagan. Antropogenezning 2-bosqichi ongli ravishda mehnat quroli yasashga oʻtishdan iborat. Eng qadimgi odam pitekan-troplar (maymun Odamlar) bundan 1 mln. yil avval yashagan. Ular skeleti qoldiqlari Yava oroli, Afrika va Janubiy Yevropadan topilgan. Pitekantroplar tuda boʻlib, gʻorlarda yashashgan; juda sodda tosh qurollar yasashgan; olovdan foydalanishgan. Ulardan keyinroq yashagan sinantroplar (xitoy odami) va neandertallar tosh va suyakdan qurol yasashni bilishgan, hayvon terisini yopinib yurishgan. Ularning bosh miyasi pitekantroplarga nisbatan yirikroq boʻlgan. Neandertallar skeleti krldiklari dastlab Germaniyaning Neandertal daryosi yaqinidan, keyinchalik Afrika, Osiyodan, jumladan, Surxondaryo vodiysidagi Teshiktosh gʻoridan topilgan. Neandertallar bundan 150 ming yil avval taxminan 100 kishidan iborat guruh boʻlib, gʻorlarda yashashgan. Eng soʻnggi neandertallar bundan 28 ming yil ilgari hozirgi Odamlar orasida yashagan. Ular imo-ishoralar va oddiy soʻzlar yordamida muloqot qilishgan; tosh, suyak va yogʻochdan mehnat qurollari yasashgan. Neandertallar orasida dastlabki mehnat taqsimoti paydo boʻlgan, deb taxmin qilinadi.
Hozirgi odamlar (kromanonlar)ning dastlabki vakillari bundan 30—40 ming yil avval paydo boʻlgan. Ular dastlab Fransiya janubidagi Kromanyon qishlogʻidagi gʻordan topilgan. Kromanyonlar boʻyining bal. (180 sm), miya qutisi hajmining kattaligi (160 sm³), peshonasining keng va tik boʻlishi, qosh usti boʻrtigʻining boʻlmasligi, iyagining rivojlanganligi bilan sinantrop va pitekantroplardan farq qiladi. Ular urugʻ va jamoa boʻlib yashagan; boshpana qurishni, hayvonlar terisidan kiyim tikishni bilishgan; nutqi rivojlangan. Kromanyonlar hozirgi Odamlar bilan birga aqlli Odam turiga kiradi.
Aqlli Odam turi Yer yuzida keng tarqalgan, lekin bir tekis tarqalmasdan, populyatsiyalar (irqlar)ni hosil qilgan. Kromanyonlar davrida mehnat qurollarining yanada takomillashuvi sunʼiy yashash muxitining yaratilishi tufayli Odam evolyusiyasida biologik omillar taʼsiri keskin kamayib, ijtimoiy omillar taʼsiri kuchayadi. Antropogenez jarayonida serpushtlik kamayib, jinsiy balogʻatga yetish sekinlashdi, bolalik davri va Odamning umri uzaydi. Hozirgi Odamning paydo boʻlishi bilan tabiiy tanlanishning tur hosil qilish funksiyasi ham tugadi. Lekin Odam jismoniy tipining turgʻunligi nisbiy boʻlib, tur doirasida morfologiya va funksiyalar turli yoʻnalishda oʻzgarib turadi. Agar bu xidsagi oʻzgarishlar ontogenezning tezlashuvi bilan bogʻliq boʻlsa, akseleratsiya deyiladi. Hozirgi davrda tibbiyot fanlarining rivojlanishi Odam organizmini klonlash va uning genofondini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy va etnik masalalarni oʻrtaga tashlamoqda.
Anatomo-fiziologik xususiyatlari. Odam gavdasi ham barcha xordalilar singari 2 tomonlama simmetriyaga ega boʻlib, bosh, boʻyin, tana, oyoq va qoʻllarga boʻlinadi. Bu boʻlimlar ham yana tegishli qismlarga ajratiladi. Xususan, bosh boʻlimi miya qutisi va yuzga, tana – koʻkrak, qorin va orqaga, qoʻl – yelka, tirsak, bilak va panjaga; oyoq – son, tizza, boldir va panjaga boʻlinadi. Odam gavdasi bichimida yosh, jins va shaxsning oʻziga xos xususiyatlari namoyon boʻladi. Masalan, erkaklar gavdasi nisbatan yoʻgʻon va yirik, chanogʻi tor, yelkasi keng; ayollar gavdasi, aksincha, nozik, kalta, chanogʻi yelkaga nisbatan kengroq boʻladi. Gavda tuzilishining dolxomorf (daroz), braximorf (kalta), ular oʻrtasida mezomorf (oʻrta boʻy), astenik (novcha, xipcha, ozgʻin), giperstenik (semiz, pakana), normostenik (normal) tiplari mavjud.
Odam gavdasi teri bilan qoplangan. Teri organizmni himoya qiladi, ayirish va termoregulyatsiya funksiyasida ham ishtirok etadi. Skelet tayanch funksiyasini bajaradi, organizmga shakl berib turadi. Suyaklar, ularni tutashtirib turuvchi paylar hamda muskullar bilan birga tayanch harakat sistemasini hosil qiladi. Odam skeleti kalla (miya qutisi, yuz), tana (umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar, toʻsh), qoʻl (yelka, bilak, tirsak, panja), oyoq (son, katta va kichik boldir, oyoq panjasi), yelka kamari (oʻmrov, kurak) va oyoq kamari (chanoq) suyaklaridan iborat. Tayanchharakat sistemasi tayanch, gavdani tik tutish, harakatlanish hamda himoya (miya qutisi, umurtqa pogʻonasi, koʻkrak qafasini hosil qiluvchi, chanoq suyaklari) funksiyasini bajaradi. Kalla suyagi miya qutisi va yuz boʻlimiga boʻlinadi. Miya qutisi peshona, ikkitadan tepa va chakka, ensa, ponasimon va gʻalvirsimon yuz suyaklari bir juftdan yuqori jagʻ va yonoq, burun, kuz kosasi suyaklaridan iborat. Yuqori va pastki jagʻlar tishlar bilan birgalikda ogʻiz boʻshligʻini qosil qiladi. Kalla suyagining yuz qismida chaynash muskullari; koʻz, burun va ogʻiz atrofida mimika muskullari joylashgan. Umurtqa pogʻonasi 33—34 ta umurtqadan iborat boʻlib, boʻyin (7 ta umurtqa), koʻkrak (12), bel (5), dumgʻaza (5), dum (4—5) boʻlimlari bor. Dumgʻaza va dum umurtqalari oʻzaro harakatsiz, boshqa umurtqalar chala harakatchan qoʻshiladi. Koʻkrak umurtqalari, 12 juft qovurgʻalar va toʻsh suyagi koʻkrak boʻshligʻini oʻrab turadigan koʻkrak qafasini hosil qiladi. Koʻkrak boʻshligʻi pastki tomondan diafragma orqali qorin boʻshligʻidan ajralgan. Koʻkrak qafasi devori ichki tomondan yupqa plevra parda bilan (qarang Nafas), oʻpka ham xuddi shunday plevra bilan qoplangan. Koʻkrak boʻshligʻida yurak, yirik qon tomirlari, oʻpkalar, ularga keluvchi traxeya, bronxlar, qiziloʻngach joylashgan. Koʻkrak qafasi devorining oldingi qismini koʻkrak muskullari qoplab turadi. Koʻkrakning chap va oʻng tomonida sut bezlari boʻladi. Qovurgʻalarning umurtqalar va toʻsh suyagi bilan yarim harakatchan birikkanligi va qovurgʻalar orasidagi muskullarning qisqarishi sababli koʻkrak qafasining kengayishi va torayishi natijasida nafas olish sodir boʻladi. Bel umurtqalari, keyingi qovurgʻalar va chanoq suyagining oldingi uchiga qorinning serbar muskullari birikadi. Qorinning oldingi va yon devorlari muskullardan iborat. Bu muskullar ichki organlarni ushlab turadi va qorin pressini hosil qildi. Qorin boʻshligʻini yuqoridan diafragma, pastdan chanoq suyagi chegaralab turadi. Diafragma ostida jigar va oʻt pufagi, ulardan chaprokda oshqozon va taloq, pastrokda ingichka ichak joylashgan. Ingichka ichakni oʻng, chap va yuqori tomondan yoʻgʻon ichak (chambar ichak) oʻrab turadi. Qorin boʻshligʻi devorini ichki tomondan yupqa qorin pardasi qoplab olgan. Qorin boʻshligʻining orqa tomonida, bel umurtqalarining 2 yonida bir juft buyrak joylashgan. Umurtqa pogʻonasiga parallel ravishda uning chap tomonidan qorin aortasi, oʻng tomonidan pastki kovak vena oʻtadi. Qorin boʻshligʻining pastki qismi chanoq boʻshligʻiga aylangan. Unda qovuq, toʻgʻri ichak va ichki jinsiy organlar (ayollarda bachadon, tuxumdonlar va naylar; erkaklarda prostata bezi, urugʻdonlar va urugʻ oʻtkazuvchi naylar) joylashgan. Odam qoʻlining juda murakkab harakatlar qilishga moslashganligi boʻgʻimlarning silindrsimon, sharsimon, chigʻirsimon harakatchan birikishi va ularni harakatga kel-tiradigan muskullarning xilma-xil tuzilishiga bogʻliq.
Embrional rivojlanishi. Ota va ona jinsiy qujayralarning qoʻshilishi, yaʼni otalanishdan keyin hosil boʻlgan zigota 2 jinsning belgilariga ega boʻladi. Zigota boʻlinishga kirishishi bilan embrional rivojlanish boshlanadi. Urugʻlanishdan soʻng 6 kun oʻtgach, murtak bachadon boʻshligʻiga oʻtib, uning shilliq pardasiga oʻrnashib oladi. Embrion pardasi va bachadon devoridan yoʻldosh shakllanadi. Embrion kindik orqali yoʻldosh bilan tutashgan boʻladi. Yoʻldosh orqali ona organizmi bilan embrion oʻrtasida moddalar va gazlar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Odamning ona qornida rivojlanishi oʻrtacha 280 kun, yaʼni 9 oydan koʻproq davom etib, bola tugʻilishi bilan tugallanadi. Shu davrning dastlabki 8 haftasi murtaklik (embrion) davri, krlgan qismi xrmila davri deyiladi (qarang Homiladorlik). Embrionlik davrida murtak pardalari hosil boʻladi, yoʻldosh shakllana boshlaydi, boʻlgʻuv-si homilaning toʻqimalari va organlari shakllanadi; hatto ulardan ayrimlari ishlay boshlaydi (1-oy oxirida embrion yuragi ishga tushadi). Embrion boʻyi 2 mm ga yetganida uning oʻq organi – xordasi va nerv sistemasining asosi boʻlgan nerv nayi yuzaga keladi. Bir vaqtning oʻzida embrion varaklari ham shakllanib, ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, teri epi-teliysi, ogiz boʻshligʻi va orqa ichak epiteliysi; mezodermadan yurak, kon tomirlari, skelet, muskullar, ayirish va jinsiy organlar; endodermadan ovqat hazm qilish sistemasi, hazm bezlari, nafas organlari hosil boʻladi. Rivojlanishning 5-haftasidan boshlab qoʻl va oyoq, 7-haftada barmoqlar shakllana boshlaydi, 8-haftada embrion tashqi koʻrinishdan Odamga oʻxshaydi; bu davrda uning boʻyi 4 sm, ogʻirligi 4—5 g boʻladi. 9-haftada embrion organlarining shakllanishi tugallanadi. Shu davrdan boshlab embrionlik davri tugallanib, homila davri boshlanadi. Homila tugʻilgandan soʻng Odam chaqaloqlik, goʻdaklik, bolalik, oʻspirinlik, yetuklik, qarilik, keksalik davrlarini oʻtadi. Bolalik davrining uzoq davom etishi, jinsiy balogʻatga yetish davrida boʻyiga oʻsishning tezlashuvi odam individual rivojlanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Bolalik davrining Odam umriga nisbati 1:5 ga teng boʻladi. Odamda jinsiy dimorfizm gavdaning umumiy oʻlchami va ayrim qismlari proporsiyasida (ayollarda chanoqning, erkaklarda yelkaning kengligi), gavda ayrim qismlarining rivojlanishi (ayollarda teri osti yogʻ qavatining, erkaklarda skelet va muskullarning yaxshi rivojlanganligi hamda muskul tolalari va yogʻ hujayralarining yirik boʻlishi)da namoyon boʻladi.