Shahzoda Philip | |
---|---|
Philip 1992-yilda | |
Birlashgan Qirollik shahzoda-konsorti | |
Mansab davri 6-fevral 1952-yil – 9-aprel 2021-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-iyun 1921-yil Mon Repos, Korfu, Gretsiya |
Vafoti |
9-aprel 2021-yil (99 yoshda) Windsor qasri, Windsor, Birlashgan Qirollik |
Turmush oʻrtogʻi |
Elizabeth II (turm. 1947) |
Bolalari | |
Onasi | Malika Alice |
Otasi | Shahzoda Andrew |
Shahzoda Philip, Edinburg gersogi[1] (Philip Mountbatten (talaffuzi: Filip Mauntbetten); 10-iyun 1921-yil — 9-aprel 2021-yil) — Britaniya qirollik oilasi aʼzosi, qirolicha Elizabeth II ning turmush oʻrtogʻi.
Philip Yunonistonda, Yunon va Daniya qirollik oilalarida tugʻilgan, lekin uning oilasi oʻn sakkiz oyligida mamlakatdan surgun qilingan. Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada taʼlim olgach, 1939-yil 18 yoshida Qirollik dengiz flotiga qoʻshilgan. 1939-yil iyuldan qirol George VI ning qizi va vorisi, oʻn uch yoshli malika Elizabeth bilan yozishmalar boshlagan. Philip u bilan birinchi marta 1934-yilda uchrashgan. Ikkinchi jahon urushi paytida u Buyuk Britaniyaning Oʻrtayer dengizi va Tinch okeani flotlarida xizmat qilgan.