Qadimgi Rim

Qadimgi Rim

Bu andoza bir qismdan iboratdir:
Siyosat va hukumat:
Qadimgi Rim


Periode

Rim qirolligi
Mil. av. 753 — Mil. av. 509
Rim respublikasi
Mil. av. 509 — Mil. av. 27
Rim imperiyasi
Mil. av. 27 — 1453
Trapezund imperiyasi
1204 — 1461
Prinsipat
Dominat
Xronologiya

Rim konstitutsiyasi

Rim qirolligini konstitutsiyasi
Rim respublikasining konstitutsiyasi
Rim imperiyasining konstitutsiyasi
Kechki Rim imperiyasining konstitusiyasi
Qadimgi Rim konstitutsiyasining tarixi
Senat
Majlis
Magistratlar

Oddiy magistratlar
Oliy magistratlar
Unvonlar va izzatlar
Imperator
Presedent va qonun
Majlislar

Rim, Qadimgi Rim — qadimgi davlat. Rivoyatga koʻra, Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754--753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda VIII-VI asrlarda hukmronlik qilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi III asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan Rim yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu Rimni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushidan soʻng miloddan avvalgi 146-yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan Rim, Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. Rimning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan avvalgi I asrda armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab Rim imperiyaga aylangan. Milodiy II asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476-yil german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000-yilga yaqin mavjud boʻlgan.


Developed by StudentB