Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qorovulbozor | |
---|---|
shahar | |
39°30′0″N 64°48′0″E / 39.50000°N 64.80000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Buxoro viloyati |
tuman | Qorovulbozor tumani |
Aholisi (2012) |
9 548 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Qorovulbozor — Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi shahar (1981-yildan; 1958-yildan shaharcha), tuman markazi. Transport yoʻli stansiyasi. Viloyat markazi (Buxoro shahri) dan 65 km janubi-sharqda. Buxoro — Qarshi temir yoʻl va avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Aholisi 9,3 ming kishi (2004). Shahar nomi Qorovulbozor sardobasi nomidan olingan. Mahalliy rivoyatga koʻra, qad.da sardoba yonida karvonsaroy qurilib, kichkina bozorcha vujudga kelgan. Uning yonidagi tepalikda Buxoro amiri sarbozlarining qorovullik burji boʻlib, oʻsha tepalik Qorovultepa, yonidagi bozorcha esa qorovulbozor deb atalgan. Yana boshqa bir rivoyat boʻyicha sardoba yonida qora oʻtovlar tikilgan Qora ovul vujudga kelgan. Oʻtovlar oldida paydo boʻlgan bozor qoraovulbozor deb yuritilgan. Yana bir taxminga koʻra, Buxoroga qoʻshni mamlakatlardan kelayotgan savdo karvonlari sardoba yonidagi karvonsaroyda toʻxtab, ularning mollari amirlikning shu yerdagi bojxona vakillari tomonidan tekshirilgandan soʻng savdogarlarga poytaxtga kirishga ruxsat etilgan. Ruxsatnoma ololmagan savdogarlar oʻz mollarini shu yerdagi bozorda sotib yurtlariga joʻnab ketishgan. Ruxsatnoma olgungacha savdogarlar oʻz mollarini maʼlum muddat oʻzlari qoʻriqlagan.
Q.da 30 ga yaqin sanoat, qurilish, transport korxonalari mavjud. 1956-yil la neft va tabiiy gaz konlarining aniqlanishi, 1997-yilda Buxoro (Qorovulbozor) neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi, ohak va gips olinishi Q.ning rivojlanishiga omil boʻldi.
Q.da qurilish tashkilotlari. aksiyadorlik jamiyaglari. texnik jihozlarni yigʻish va butlash boshqarmasi. MTP, dehqon bozori. novvoyxonalar. savdo. madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 5 umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, biznes maktabi, kasb-hunar kolleji, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, 3 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotira yodgorligi mavjud. „Obinur“ folklor etnografik dastasi faoliyat koʻrsatadi. „Goʻzal“ sport sogʻlomlashtirish majmui, „Delfin“ suzish havzasi, markaziy stadion va boshqa sport in-shootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, markaziy poliklinika, tugʻruqxona, tez tibbiy yerdam boʻlimi, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi.
Q. da meʼmoriy yodgorliklardan qal. sardoba inshooti (16-asr) saqlangan.