Ribo (arab tilida — sudxoʻrlik) — pulga foyda (foiz) olish; sudxoʻrlik. Islomdan ilgari arablar orasida Ribo keng tarqalgan edi. Ilk islomda savdo qilish va u orqali foyda koʻrish keng ragʻbatlantirilgani holda, pulga foiz foyda olish qatʼiyan taqiqlangan va bu taqiq Qurʼonda ham o'z ifodasini topgan (2:276). [1] Va bu haqida “Baqarah” surasida dalil ham keltirilgan 2 : 275,276