Bu maqolaga quyidagi joriy hodisa taʼsir qilishi mumkin: Rossiyaning Ukrainaga bosqini (2022). |
Rossiya Federatsiyasi Российская Федерация
| |
---|---|
Madhiya: Rossiya Federatsiyasining Davlat Madhiyasi | |
Poytaxt | Moskva |
Eng katta shahar | Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod, Qozon, Samara, Omsk va boshqalar |
Rasmiy til(lar) | Ruscha |
Hukumat | Aralash Respublika |
Vladimir Putin | |
Mixail Mishustin | |
• Federatsiya kengashi raisi |
Valentina Matviyenko |
• Davlat dumasi raisi |
Vyacheslav Valodin |
• Oliy sud raisi |
Vyacheslav Lebedov |
• Konstitutsiyaviy sudi raisi |
Valeriy Zorkin |
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan) | |
• Sana |
25-Dekabr 1991 |
Maydon | |
• Butun |
17,098,246 km2 (1-oʻrin) |
• Suv (%) |
13 [1] |
Aholi | |
• 2022-yilgi roʻyxat |
145,478,097 kishi (Qrim bilan)[2] 143,054,637 (Qrimsiz)[2] (9-oʻrin) |
• Zichlik | 8,36/km2 |
YIM (XQT) | 2022-yil roʻyxati |
• Butun |
$1.777 trillion [3] (11-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$11,654 [3] |
Pul birligi | Rus Rubli (RUB) |
Vaqt mintaqasi | UTC+2...+12 |
• Yoz (DST) |
UTC+2...+12 |
Qisqartma | RU, RUS |
Telefon prefiksi | 7 |
Internet domeni | .ru, .su, .рф |
|
Rossiya (ruscha: Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi — 144 million kishi (2024). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000-yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.