Sedan

2018 Hyundai Sonata sedani
Ford Model A Tudor sedani 1928-yil
Budd tomonidan Dodge Bros uchun ishlab chiqarilgan dunyodagi birinchi toʻliq poʻlatdan yasalgan sedan. 1919-yil.

Sedan (Fransiyadagi Sedan shahri nomi bilan bogʻliq, deb taxmin qilinadi) – yengil avtomobil kuzovining nomi. S.ning 4 eshigi va orasida toʻsigʻi boʻlmagan kamida 2 qator oʻrindiklari boʻladi. S. juda mustahkam yuk koʻtaruvchi konstruksiyani hosil qilishga imkon beradi. Masalan, BA32101, GAZ31 („Volga“), „Neksiya“ va boshqa avtomobillarning kuzovi S. tipida yasalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Developed by StudentB