Shveytsariyaning 26 kantoni Shveysariya Konfederatsiyasiga aʼzo davlatlardir. Shveysariya Konfederatsiyasining asosi birinchi uchta konfederativ ittifoqchi koʻrinishida ilgari Waldstätte deb atalgan. Eski Shveysariya Konfederatsiyasining rivojlanishidagi ikkita muhim davr Axt Orte („Sakkiz kanton“; 1353–1481 yillar) va Dreizehn Orte („Oʻn uchta kanton“, 1513–1798 yillar) atamalari bilan umumlashtiriladi.
Qadimgi Shveysariya Konfederatsiyasining har bir kantoni, yoki Ort(mahalliy) va Stand(mulk) toʻliq suveren davlat boʻlib, oʻzining chegara nazorati, armiyasi va valyutasiga ega edi. Kanton atamasi 19-asrdan boshlab keng qoʻllanila boshlandi
Vositachilik toʻgʻrisidagi qonun (1803) bilan kantonlar soni 19 taga koʻtarildi, sobiq subʼyekt hududlari toʻliq kantonlar deb tan olindi. 1815 yilgi Federal shartnoma Eski Shveysariya Konfederatsiyasining sobiq hamkorlarining qoʻshilishi munosabati bilan ularning sonini 22 ga oshirdi. Yura kantoni 1979 yilda Berndan ajralib chiqqan holda 23-kanton sifatida qoʻshildi.1999 yilgi federal konstitutsiyada kantonlarning rasmiy soni 26 taga koʻpaytirildi, unga koʻra sobiq yarim kantonlar ham kantonlar deb belgilandi.
Kantonlarning maydonlari 37 km2 (15 kv. mil.) (Bazel-Stadt kantoni) dan 7105 km2 (2743 kv. mil) gacha (Grizonlar kantoni); aholi soni (2018 yil holatiga koʻra) 16 000 (Appenzell Innerrhoden kantoni) dan 1,5 milliongacha (Syurix kantoni).
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |