Sinchalak

Sinchalak
Muallif(lar) Abdulla Qahhor
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa
Nashr etilgan sanasi 1958

„Sinchalak“oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. Muallif bu qissani 1958-yil yozgan. Qissa shu kungacha bir necha marta nashr qilingan. Qissa oʻquvchilar hamda tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Asarni Konstantin Simonov rus tiliga,[1] Rosen Trinkov bolgar tiliga[2] tarjima qilgan.

Asar Saida ismli „oʻzi kichkina, nimjon boʻlsa hamб osmonni koʻtargulik quvvati, gʻayrati bor“ qiz haqidadir. Adabiyotshunos Ozod Sharafiddinovning yozishicha, Abdulla Qahhor „Saida obrazida hozirgi ilgʻor oʻzbek ayollarining xarakterli, tipik sifatlarini umumlashtiradi“.[3]

  1. Sharipov, Husniddin „Taqdir“. Ziyouz (2014-yil 17-aprel). Qaraldi: 2016-yil 18-iyul.
  2. „Sinchalak“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.
  3. Solijonov, Yoʻldosh „„Sinchalak“ parvozidan kutilgan niyat“. Ziyouz (2014-yil 8-fevral). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-01 sanasida arxivlangan)

Developed by StudentB