Skopye maked.: Скопје | |
---|---|
poytaxt shahar | |
Soat strelkasi boʻylab: «Skopye qoʻrgʻoni»dan Skopye markazining koʻrinishi (Kale), Kuršumli An, Eski Bozor, Eski temir yoʻl stantsiyasi, Avliyo Kliment cherkovi, Tosh koʻprik. | |
41°59′0″N 21°26′0″E / 41.98333°N 21.43333°E | |
Mamlakat | Shimoliy Makedoniya |
Mintaqa | Skopye |
Hukumat | |
• Mer | Danela Arsovka[1] |
Avvalgi nomlari | Scupi, Üsküb, Scople |
Maydon | 5,715 km2 (2,207 kv mi) |
Markazi balandligi | 240 m |
Iqlim turi | subtropik |
Aholisi (2018) |
509 900[2] |
Zichligi | 892 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
makedonlar (65%), albanlar (27%), serblar (8%) va boshqa. |
Konfessiyaviy tarkib | provaslavlar, musulmon-sunniylar, katoliklar |
Etnoxoronim | skopyalik |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | +389 02 |
Pochta indeks(lar)i | 1000 |
|
Skopye (/ˈskɒpji, -jeɪ/, SKOP-yee, -yay, SKOHP-[3]; maked.: Скопје ˈskɔpjɛ (yordam·maʼlumot); albancha: Shkup) — Shimoliy Makedoniyaning poytaxti va eng yirik shahri. Skopye hududi kamida miloddan avvalgi 4000 yil avval tashkil topgan. Hozirgi zamonaviy shahar markazida joylashgan eski Skopye qal’asi ichidan neolit davriga oid turar-joylarining qoldiqlari topilgan. Dastlab Paeoniya qirolligiga qarashli boʻlgan Scupi miloddan avvalgi II asrda Dardaniyaning poytaxtiga aylandi. Milodiy 1-asr arafasida shahar rimliklar tomonidan bosib olinib, harbiy lagerga aylantirilgan[4][5]. Miloddan avvalgi 395-yilda Rim imperiyasi sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlingach, Scupi Konstantinopoldan Vizantiya hukmronligi ostiga oʻtadi. Ilk oʻrta asrlarda shahar Vizantiya va Bolgariya imperiyasi oʻrtasida talash boʻldi.
1282-yildan shahar Serbiya imperiyasining tarkibiga kirgan va 1346-yildan 1371-yilgacha uning poytaxti boʻlgan. 1392-yilda Skopye Usmonli turklari tomonidan bosib olinadi va uni Üsküb (اسکوب) deb nomlashadi. Shahar 500 yildan ortiq vaqt davomida Usmonlilar nazorati ostida boʻlib, Üsküb pashasanjagining (Usmonlilar davlatida viloyatdan kichikroq boʻlgan mamuriy birlik sanjak deb ataladi) poytaxti boʻlib xizmat qilgan va keyinchalik Kosovo viloyatining poytaxti boʻlgan. 1912-yilda Bolqon urushi paytida Serbiya Qirolligi tarkibiga qoʻshib olingan. Birinchi jahon urushi paytida shahar Bolgariya Qirolligi tomonidan bosib olingan va urushdan keyin yangidan tashkil etilgan Yugoslaviya qirolligi tarkibiga kiruvchi Vardarska Banovina provintsiyasi poytaxti boʻlgan. Ikkinchi jahon urushida shahar yana Bolgariya tomonidan bosib olindi va 1945-yilda Yugoslaviya tarkibidagi federativ davlat boʻlmish Makedoniya SR poytaxti boʻldi[6]. 1963-yilda shaharda halokatli zilzila sodir boʻlgan.
Skopye Vardar daryosining yuqori oqimida, Belgrad va Afina oʻrtasidagi shimoliy-janubiy Bolqon yoʻlida joylashgan. Shahar metallni qayta ishlash, kimyo, yogʻoch, toʻqimachilik, charm va poligrafiya sanoatining markazi hisoblanadi. Shahar sanoatining rivojlanishi bilan savdo, logistika, bank sohalari, transport, madaniyat va sport sohalariga ham eʼtibor qaratildi. 2021-yildagi soʻnggi rasmiy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Skopye shahar hududida 422,540 aholi istiqomat qiladi.