Abdullayev Sobir | |
---|---|
Tavalludi |
Abdullayev Sobir 1905-yil 18-sentyabr |
Vafoti |
1972-yil 24-oktyabr Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Taxallusi | Sobir Abdulla |
Kasbi | nosir, shoir, dramaturg |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Qoʻqon maorif instituti |
Yoʻnalish | Sotsialistik realizm |
Janr | she’riyat, nasr, dramaturgiya |
Mukofotlari |
|
Sobir Abdulla (taxallusi; asl ism-sharifi Abdullayev Sobir) [1905.5 (18).9, Qoʻqon — 1972.24.10, Toshkent] — shoir, yozuvchi va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1965). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Dastlab eski maktabni, soʻng „usuli jadid“ maktabini tugatgach, Qoʻqondagi pedogogika bilim yurti (1922-24), Toshkentdagi mahalliy kadrlarni tayyorlash kursi (1924-26) da oʻqigan. 1926-48 yillarda „Yangi Fargʻona“, „Yosh leninchi“ gazetalarida adabiy xodim, „Mushtum“ jurnalda boʻlim mudiri, Andijon viloyat teatri, Oʻzbek davlat filarmoniyasi va Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh (1936).
Ilk she'rlar toʻplami — „Erk ilhomlari“ (1931). Shundan keyin uning „Navbahor“ (1931), „Kuklam naʼrasi“, „Zavq“ (1932), „Gulshan“ (1939), „Suz va soz“ (1943), „Davr qoʻshiqlari“ (1949), „Hayot gulshani“ (1959), „Hayot qoʻshiqlari“ (1962), „Devon“ (1965; Hamza mukofoti, 1971) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. S. A.ning sheʼriy ijodi lirika, xajviyot va dostonlardan iborat. S. A. aruz vazniga karshi kurash va umumiy badiiy ijodni mafkuralashtirish jarayoni kechgan bir davrda oʻzbek adabiyeti klassiklarining boy poetik anʼanalarini davom ettirib, mumtoz adabiyotimiz bilan zamonaviy adabiyot oʻrtasida oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtagan. S. A. voqelikda roʻy bergan voqea va hodisalarni ifodalashda aruz vazni imkoniyatlaridan samarali foydalangan, ayniqsa, gʻazal janrida kishilarga zavqshavq bagʻishlaydigan, ulardagi ezgulik va nafosat tuygʻulariga ruhiy oziq beradigan koʻplab asarlar yozgan. Uning bastakorlar tomonidan kuyga solingan eng yaxshi gazallari oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼatining ravnaqiga muhim hissa boʻlib qoʻshiddi. S. A. ayni paytda hajviy sheʼrlar ham yozgan. Liroepik janrlarda ham samarali ijod qilgan („Manyovr“, 1931; „Oʻrtoq Yoqubova“, 1934; „Katta Fargʻona kanali“ tona Polvon oʻgʻli", 1940; „Gul va sanam“, 1957; „Quralay koʻz bir kelinchak“, 1958; „Tun va tong“, 1971, dostonlar).
S. A.ning oʻzbek adabiyeti taraqqiyotiga qoʻshgan katta hissasi uning dramalaridir. „Muxbirga hujum“ dastlabki pyesasi 1927-yil Qoʻqon drama truppasi tomonidan sahnaga qoʻyilgan. Shundan soʻng S. A. „Bogʻbon qiz“ (1926, doston asosida), „Boʻston“ (1937) bir pardali pyesasi hamda „Tohir va Zuhra“ (1939) pyesalarini yezdi. 1940-yilda ilk bor sahna yuzini koʻrgan va hanuzga qadar oʻzbek musiqiy teatrlari repertuarlarini bezab kelayotgan „Tohir va Zuhra“ asari S. A. ijodining gultojidir. S. A. dramasi bilan Tuxtatsin Jalilovning musiqasi oʻzaro uygʻunlashgan holda sevgi va muhabbat haqidagi Sharq afsonasining „Romeo va Julyetta“, „Layli va Majnun“ singari jahon adabiyotining mashhur ishqiy asarlari darajasiga yaqinlashishiga imkoniyat yaratdi. S. A.ning ushbu asari asosida „Tohir va Zuxra“ kinofilmi (rejissyor N. Gʻaniyev) va opera spektakli (kompozitorlar T. Jalilov va boshqa Brovsin) ham yaratilgan. S. A. urush yillarida hamkorlikda „Qoʻchqor Turdiyev“ (1941), „Davron ota“ (1942), „Oʻzbekiston qilichi“ (1943), urushdan keyingi yillarda esa zamonaviy hamda tarixiyafsonaviy mavzularda „Alpomish“, „Gul va Navroʻz“, „Isteʼdod“, „Mening jannatim“, „Hijron va vijdon“ singari pyesalarni ham yozdi. Bu asarlarning aksari poytaxt va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.
S. A.ning adabiy merosida nasriy asarlar ham salmokli oʻrinni egallaydi. Uning 1931-yilda nashr etilgan „Navbahor“ toʻplamidan sheʼrlar bilan birga davrning dolzarb mavzularida yozilgan hikoyalar ham urin olgan. S. A. nasriy janrlardagi izlanishlarini davom ettirib, „Ulfat“ (1939), „Soyalar“ (1963) hikoyalar toʻplamlarini eʼlon qildi. Kichik nasr janrlarida erishilgan tajriba yozuvchining „Mavlono Muqimiy“ romani (1965) ustida olib borgan ijodiy ishida, ayniqsa, qoʻl keldi. S. A. Muqimiy va uning zamondoshlarini koʻrgan kishilar xotiralari asosida romanda shoir hayoti va u yashagan tarixiy davr manzaralarini haqqoniy aks ettirdi. Keyinchalik S. A. tarixiy oʻtmish mavzuida yozilgan „Besh sarguzasht“ qissasini (1971), Hamza, Gʻ. Gʻulom, A. Umariy, M. Uzoqov kabi adabiyot va sanʼat namoyandalariga bagʻishlangan xotiralarini yozdi. S. A. „Tohir va Zuhra“, „Maysaraning ishi“ operalari librettosining ham mualliflaridan biri. Qoʻqon va Toshkentdagi bir necha koʻcha, maktab va kutubxonaga shoir nomi berilgan[1].
Ac: Asarlar [4 j.li|, 1- 4j.lar, T., 197580.