Suqrot metodi

Muntazam oʻqitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Sukrot (eramizdan avvalgi 469-399 er. avv. yillar) va uning oʻquvchilari tomonidan keng qoʻllagan yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. Oʻqituvchi (faylasuf) oʻquvchida qiziqish, bilishga intilishni uygʻotadigan savoldan foydalanadi, mulohaza yuritish asosida oʻquvchini voqea-hodisalarning mohiyatini idrok etishga undaydi. Oʻqituvchining mulohazasi koʻpincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan toʻldirilib turiladi. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha oʻquvchilar ishtirokida tashkil etiladi.


Developed by StudentB