Taqsimot (iqtisod)

Taqsimlash — iqtisodiy munosabatlar subyektlari oʻrtasida moddiy boyliklarni taqsimlanishi.Asosiy taqsimlash, odatda, moddiy boyliklarni yaratish jarayonida, shu jumladan, mehnat taqsimotini hisobga olgan holda, mulk huquqi bilan ajratish shaklida amalga oshiriladi. Qayta taqsimlash soliq, xayriya, ijtimoiy taʼminot, yer, pul-kredit siyosati, musodara qilish, oila huquqi kabi ijtimoiy mexanizmlar yordamida pul yoki boshqa mol-mulkni bir shaxsdan boshqasiga oʻtkazish bilan bogʻliq. Bu atama odatda daromadlarni alohida shaxslar oʻrtasida emas, balki butun iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari oʻrtasida taqsimlanishini bildiradi.


Developed by StudentB