The Weeknd

The Weeknd

The Weeknd 2021-yil.
Fotograf Bryan Ziff.
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Abel Makkonen Tesfaye
16-fevral, 1990-yil (1990-02-16)
Boshqa nomlari
  • The Noise
  • Kin Kane[1]
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Kasbi
Leybl
  • XO
  • Republic Records
Janr
  • pop
  • alternativ R&B
  • R&B
  • new wave
Faoliyat yillari 2009 – hozirgacha
Veb-sayt theweeknd.com
Imzosi

Abel Makkonen Tesfaye (talaffuzi: Eybel Makkonen Tesfaye) (amh. አቤል መኮንን ተስፋዬ, 1990-yil 16-fevralda tugʻilgan) – kelib chiqishi efiopiyalik boʻlgan kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va musiqiy prodyuser[2][3]. The Weeknd taxallusi ostida ijod qiladi. U oʻzining noanʼanaviy ijodi, retro uslublardan ustamona foydalana olishi va faltset registridagi ovozi bilan mashhur.

Tesfaye 2009-yilda anonim ravishda qoʻshiqlar chiqarishni boshladi. XO ovoz yozish leybliga asos solganidan soʻng, u 2011-yilda House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence nomli uchta miksteypni chiqardi va zamonaviy hamda alternativ R&B ning oʻzaro aralashmasi sababli katta shuhrat qozondi. U Trilogy (2012) nomli toʻplam albomda oʻzining miksteyplarini qayta chiqarish uchun Republic Records leybli bilan shartnoma imzoladi va keyingi yili oʻzining Kiss Land (2013) nomli ilk studiyaviy albomini chiqardi. 2013-2014-yillardagi film saundtreklaridagi bir qator hamkorliklardan soʻng, Tesfaye alternativ R&B dan biroz chekingan holda pop janriga oʻtib, oʻzining ikkinchi va uchinchi studiyaviy albomlari – Beauty Behind the Madness (2015) va Starboy (2016) ni yaratdi, ularning ikkisi ham AQSh Billboard 200 chartiga birinchi oʻrin bilan kirib kelgan. Birinchi albomda Billboard Hot 100 da birinchi oʻringa chiqqan ikkita singl, „Canʼt Feel My Face“ va „The Hills“, Starboyda esa yana ikkita yetakchi singl: xuddi shu nomdagi (Daft Punk ishtirokida) va 2023-yilgi "Die for You"ning Ariana Grande ishtirokidagi remiksi bor edi.

Abel alternativ R&B janriga AQShning top-10 singllar roʻyxatiga kirgan "Call Out My Name" singliga ega, oʻzining ilk mini-albomi – My Dear Melancholy (2018) orqali qaytdi. U oʻzining toʻrtinchi studiyaviy albomi After Hours (2020) da dream-pop va new wave janrlarini oʻzi uchun kashf qildi, uning tarkibiga bir qator rekordlarni buzgan "Blinding Lights" singli va yana AQShda yetakchilik qilgan ikkita singl: „Heartless“ va "Save Your Tears" kiradi. Tesfaye dance-pop janrini oʻrganishni boshladi, bu esa AQShda kuchli oʻntalikka kirgan „Take My Breath“ singliga ega uning beshinchi studiyaviy Dawn FM (2022) albomining yaralishiga olib keldi. 2023-yilda u HBO ning "The Idol" nomli drama serialida hammualliflik qildi va bosh rolni ijro etdi, teleserial tanqidchilar tomonidan qoralanganiga qaramay, unga biriktirilgangan saundtreklar tufayli tijorat muvaffaqiyatiga erishdi.

Tesfaye 75 milliondan ortiq yozuvlarni sotgan holda dunyodagi eng koʻp qoʻshiqlari sotilgan ijodkorlardan biriga aylandi. U Amerika yozuv sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) dan singllari uchun yettita olmos sertifikatini qoʻlga kiritdi va Hot R&B/Hip-Hop Songs chartida bir vaqtning oʻzida birinchi uchta oʻrinni egallagan birinchi qoʻshiqchi boʻldi. "Blinding Lights" Spotify tarixidagi eng koʻp tinglangan qoʻshiq, Billboard Hot 100’da eng uzoq vaqt „yashagan“ qoʻshiq va chart tarixidagi yakkaxon ijrochining eng uzoq vaqt qatnashgan qoʻshiqqa aylandi. Tesfaye Time jurnalining 2020-yilda dunyoning eng nufuzli odamlari roʻyxatiga kiritildi va 2023-yilda Ginnesning rekordlar kitobi uni „dunyoning eng mashhur ijodkori“ deb eʼtirof etdi. Irqiy tenglik va oziq-ovqat xavfsizligi tarafdori, 2021-yilda Jahon oziq-ovqat dasturining yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan. Uning mukofotlari qatoriga 4 ta Grammy Awards, 20 ta Billboard Music Awards, 22 ta Juno Awards, 6 ta American Music Awards, 3 ta MTV Video Music Awards, 1 ta Latin Grammy Awards mukofotlari kiradi va Oscar hamda Primetime Emmy Awards mukofotlariga nomzod sifatida koʻrsatilgan.

  1. Marsh, Calum {{{editor}}}: „Everything We Know About The Weeknd Before He Blew Up“ (2021-yil 16-fevral). — „Ko'rinishidan, u The Noise va Kin Kane taxalluslari ostida ham musiqa yozgan.“. 2023-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  2. „Page 6 of Sex, Drugs and R&B: Inside The Weeknd's Dark Twisted Fantasy - Rolling Stone“. Rolling Stone (2015-yil 21-oktyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
  3. Sharf, Matt Donnelly,Zack; Donnelly, Matt; Sharf, Zack „'The Idol' Scandalizes Cannes With Five-Minute Standing Ovation for Lily-Rose Depp's Masturbating Pop Star, Explicit Nudity and the Weeknd's TV Acting Debut“ (en-US). Variety (2023-yil 22-may).

Developed by StudentB