Kompyuter texnologiyalari sohasida troya oti jumlasi foydalanuvchilarni oʻzining asl niyatidan chalgʻitgan holda ularning kompyuterlariga oʻrnashib oluvchi har qanday zararli dasturlarning umumiy taʼrifiga qoʻllanadi. Ushbu atama Troya shahrining vayron boʻlishiga olib kelgan mashhur troya oti haqidagi qadimgi yunon hikoyasidan olingan[1][2].
Troyanlar (troya oti virusli dasturining qisqacha nomi) odatda ijtimoiy muhandislik (social engineering)ning baʼzi shakllari orqali tarqaladi. Misol uchun, foydalanuvchiga shubhaliboʻlmagan koʻrinishda (masalan, muntazam toʻldiriladigan anketa) yoki ijtimoiy tarmoqlarda va saytlarda soxta reklamalar ustiga bosish orqali elektron pochta ilovasini kiritish davomida aldanib qolish kabi holatlar shular jumlasidandir. Ularning foydali dastur ekanligini ifodalovchi har qanday jihati boʻlishi mumkin.
Biroq, troyanlar kompyuter texnologiyalari davrida yashirin orqa eshik vazifasini bajaradi. Dastur foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgandan soʻng, zararlangan kompyuterga ruxsatsiz kirish huquqiga ega boʻlgan boshqaruvchi bilan bogʻlanadi[3]. Ransomware (tovlamachi dastur) hujumlari koʻpincha troyanlar yordamida amalga oshiriladi. Kompyuter viruslari, qurtlar va ishonsiz xavfsizlik dasturlaridan farqli oʻlaroq, troyanlar odatda oʻzlarini boshqa fayllarga kiritishga yoki gʻayrioddiy yoʻllar bilan tarqatishga urinishmaydi[4].