Vikipediya:Tarjima

Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.

Vikipediya oʻquvchi uchun turli tillarda mavjud boʻlib, har qaysi til boʻlimlari boshqa tildagi boʻlimning aniq tarjimasi hisoblanmaydi. Alohida hissa qoʻshuvchilar hamjamiyati har bir til boʻlimida faoliyat koʻrsatishadi hamda maxsus belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq maqolalar yaratishadi. Shu sababli, biror bir tildagi ixtiyoriy mavzuga oid maqolaning boshqa bir tildagi versiyasida butunlay oʻzgacha tuzilish va tarkibni koʻrishingiz, hatto, kerakli mavzudagi maqolalarni umuman topa olmasligingiz ham mumkin.

Shunga qaramay, Vikipediyaning oʻzga tildagi boʻlimlari qimmatli maʼlumot manbai boʻlishi mumkin. Chet tilidagi Vikipediyadan butun maqola yoki uning bir qismini tarjima qilish Oʻzbekcha Vikipediyani yaxshilashning maqbul usuli hisoblanadi. Biroq tarjima jarayonida qoʻshilgan maʼlumotlar mahalliy qoidalarga toʻliq mos kelishiga eʼtibor qaratish lozim. Vikipediyada tarjimonlar yoʻq. Aksincha, boshqa til boʻlimlari maʼlumotlaridan foydalanadigan hammualliflar mavjud. Ushbu insho oʻzbek tilini yaxshilash uchun chet tilidagi Vikipediya matnlarini tarjima qilish jarayoniga bagʻishlangan.

Agar sizning oʻz qobiliyatingizga ishonchingiz komil boʻlmasa, lekin, maqola boshqa mualliflar tomonidan yaxshi tarjima qilinishini istasangiz, Vikipediya maqolasini boshqa tilda koʻrsatib, yaratish soʻrovini yuborishingiz mumkin. Agar oʻzbek tilidagi maqola allaqachon mavjud boʻlsa, ammo, tegishli chet tilidagi maqoladan pastroq darajada boʻlsa, uning matniga {{Andoza:Tl}} andozasi kiritilishi kerak.


Developed by StudentB