Ishlab chiquvchi | WhatsApp Inc. Facebook Inc. |
---|---|
Chiqarilgan sana | 2009-yil |
Yozilgan til(lar)i | koʻptilli |
Janr | Darhol xabarlashuv |
Litsenziya | Propriyetar |
Vebsayt: | whatsapp.com |
WhatsApp Messenger (talaffuzi: Uotsapp messenjer;[1] inglizchadan Whatʼs up? — „Nima gaplar?“ va app — ilova) smartfonlar uchun propriyetar, kross-platforma darhol xabarlashuv obuna xizmatdir. Matn xabarlashuvdan tashqari foydalanuvchilar bir-birlariga tasvir, video va audio xabarlar yuborishlari mumkin. Mijoz dastur Google Android, Windows, BlackBerry OS, Apple iOS, Nokia Series 40, Symbian, Nokia Asha platform va Microsoft Windows Phone uchun mavjud. WhatsApp Inc. 2009-yilda amerikaliklar, sobiq Yahoo! xodimlari Brian Acton va Jan Koum tomonidan ochilib, Mountain View, Kaliforniyada joylashgan.[2][3]
Osiyolik xabarlashuv xizmatlari (LINE, KakaoTalk, WeChat kabi) bilan raqobatda boʻlgan WhatsApp 2012-yil avgustida kuniga oʻn milliard xabar oʻtkazdi.[4] 2013-yil 13-iyunida WhatsApp Twitter hisobida kuniga 27 milliard xabar oʻtkazib, rekord oʻrnatganini eʼlon qildi.[5] Financial Times gazetasiga binoan, „Skype xalqaro telefonlashuvga nima qilgan boʻlsa, WhatsApp SMSga xuddi shunday qildi.“[6]
2013-yil noyabriga kelib WhatsApp oylik foydalanuvchilari soni 190 millionga, ulashilgan fotolar soni 400 millionga yetdi.[7][8] 2013-yil dekabrida WhatsApp blogi oylik faol foydalanuvchilar soni 400 millionga yetgani haqida iddao qildi.[9]
2014-yil 19-fevralida Facebook WhatsAppʼni $19 milliardga sotib olishini bildirdi. Facebook shundan $4 milliardni naqd, $12 milliardni Facebook hissalarida, $3 milliardni keyingi toʻrt yil davomida faqat WhatsApp asoschilari va xodimlari tomonidan olinadigan xizmat uchun ajratiluvchi aksiyalarda berishini va WhatsApp messendjerining asoschilaridan biri boʻlmish Yan Kum (Jan Koum) direktorlar kengashi aʼzosi etib tayinlanishini eʼlon qildi.[10]
{{citation}}
: CS1 maint: date format ().
{{citation}}
: CS1 maint: date format ().