Uilyam Shekspir | |
---|---|
Tavalludi |
26-aprel 1564-yil |
Vafoti |
23-aprel 1616-yil (52 yosh) Stratford-upon-Avon, Angliya |
Fuqaroligi | Kingdom of England |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | tax. 1585-1613 |
Turmush oʻrtogʻi |
Anne Hathaway (turm. 1582) |
Bolalari | |
Otasi | John Shakespeare |
Onasi | Mary Arden |
Imzosi | |
Uilyam Shekspir (inglizcha: William Shakespeare; 26-aprel 1564-yil — 23-aprel 1616-yil) — ingliz dramaturgi, shoir va aktyor, dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri, kamida 17 ta komediya, 10 ta xronika, 11 ta fojia, 5 ta poema va 154 sonetdan iborat siklning muallifi[1][2][3]. Taxminan 1585-yilda ona shahri Stratford-upon-Avonni tark etib, birmuncha fursatdan soʻng Londonga borgan. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlangan. Shekspirning 1603-yildan keyingi aktyorlik faoliyati toʻgʻrisida biror maʼlumot yoʻq. Ammo u oʻzining „Lordkamerger xizmatkorlari“ truppasi uchun (mazkur truppa James I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan) pyesalar yozishda davom etgan. Taxminan 1612-yilda Stratford-upon-Avon shahriga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Shekspirning aktyor sifatidagi faoliyati taxminan 15 yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi hisoblangan truppasida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan va shu truppa uchun pyesalar yozgan.