Xalifa

Xalifa (arabchada „oʻrinbosar“, „noib“) – musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi hisoblanadi. Xalifa Muhammad ning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammaddan keyingi toʻrt Xalifa (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Alini xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi Xalifalar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar Xalifa nomi bilan atalgan. XIII asrdan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari oʻzini diniy boshliq deb ham daʼvo qilib, Xalifa nomiga ega boʻlishgan. XVI asrda turk sultonlari oʻzlarini Xalifa deb atay boshlaganlar, bu holat 1924-yilgacha, yaʼni usmonlilar davlati tugaguncha davom etgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Developed by StudentB