Xorazm viloyati

Xorazm viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston
Maʼmuriy markazi Urganch
Yirik shaharlari Xiva, Gurlan
Hokim Joʻrabek Rahimov
YAIM 4.95 Mlrd $  (11-oʻrin)
Aholi (2024)
2 010 000
(5,4 % )
Zichligi 332 kishi./km²
Millatlar tarkibi Oʻzbek, qoraqalpoq, turkman
Maydoni 6 050 km² km²
(1.4 %)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqacha
Kod ISO 3166-2 UZ-XO
Avtomobil raqami kodi 90
Rasmiy sayti xorazm.uz
Xaritada
Xorazm viloyati xaritada
Xorazm viloyati, Xarita
41°20′0″N 61°0′0″E / 41.33333°N 61.00000°E / 41.33333; 61.00000

Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925-yil fevraldan 1938-yil yanvargacha Xorazm okrugi, 1938-yil 15-yanvarda viloyat maqomiga oʻtkazilgan. Viloyat shimoldan Qoraqalpogʻiston respublikasi, janubdan Turkmaniston respublikasining Toshhovuz viloyati, sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Shaharlari — Urganch , Xiva va Pitnak. Umumiy maydoni — 6,05 ming kvadrat kilometr. Maʼmuriy markazi — Urganch shahri.


Developed by StudentB